

Shaxsan men Angliya kubogini qo'lga kiritmoqchiman. Bungacha UEFA kubogida g'olib bo'lganman, shu bois men Angliya kubogida zafar quchishni istayman. Manchester Yunaytedni mamlakat chempioni qilish va kubogini olib berish uchun kelganman.
Ammo MYU uchun Yevropa ligasi muhimroq ekanini bilaman, sababi bu musobaqada g'olib bo'lgan klub keyingi yil YCHLga chiqadi, - deydi trener.



