Loris operaciya qilindi, u 2020 yil boshida mashg'ulotlarga qaytadi
07 noy 2019 17:31
Yangiliklar


Loris operaciya qilindi, u 2020 yil boshida mashg'ulotlarga qaytadi
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris tirsagidan olgan jarohati sabab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.
Franciyalik darvozabon APLning 8-tur doirasidagi "Brayton" (0:3)ga qarshi o'yinda qo'li bilan noqulay tarzda erga qulagan edi.
Klub dastavval Lorisni operaciya qildirishni rejalashtirmagandi, ammo tibbiy tekshiruvlardan so'ng futbolchi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishga majbur bo'ldi.
O'yinchi 2020 yilning boshlarida jamoa mashg'ulotlariga qo'shilishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ugo Loris "shporlar" tarkibiga 2012 yilda "Lion"dan kelib qo'shilgan edi.
O’xshash yangiliklar
14:22
MYU va "Tottenxem" muxlislari Bilbaodagi Evropa ligasi finali oldidan San-Sebastyanda mushtlashishdi 4

Fikrlar