So’nggi yangiliklar

22:14Қизлар ўртасидаги ЎФА U-17 чемпионатида 29:0 ҳисоби қайд этилди  0 21:51Яна 9 йил? "Челси" асосий футболчиси билан 2033 йилга қадар келишув имзолайди  0 21:26"Ювентус" асосий дарвозабони билан шартномани бекор қиладими?  0 20:55"Навбаҳор", "Локомотив" ва "Металлург"нинг ғалабасиз серияси қачон тугайди? — Суперлиганинг 15-тури ҳақида  4 20:44Расман: "Барса" Араухони АПЛ клубига сотди  1 20:21"Челси" португалиялик "омадсиз" учун 65 млн евро таклиф қилди  2 19:46Расман: "Боруссия Дортмунд" Максимилиан Байер билан шартнома имзолади  1 19:24Луис Диас "Манчестер Сити" билан беш йиллик шартнома борасида келишиб қўйди  2 18:58Ана холос! "Атлетико Мадрид" Нголо Кантени Европага қайтармоқчи   2 18:35Музаффар Олимжонов: "Кейинги учрашувларда ҳам шу темпда давом этишимиз керак"   1 18:14"Челси" фақатгина ушбу трансфер ойнасида 156,3 млн (!) фунт стерлинг сарфлади  5 17:52Месси "Интер Майами"нинг қолган футболчиларидан алоҳида шуғулланмоқда  1 17:30Расман: Аарон Ван-Биссака "Вест Хэм" билан 7 (!) йиллик шартнома имзолади  3 17:15"Реал" футболчилари УЕФА Суперкубоги ўтказиладиган Варшавага ҳашаматли кўринишда келишди  24 16:55ОКМК - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  1

Londonliklar "shaharliklar"ni engishdi. "Vest Xem" 2 – 1 "Manchester Siti" Yangiliklar

Londonliklar "shaharliklar"ni engishdi. "Vest Xem" 2 – 1 "Manchester Siti"

APL 9-turidan o'rin olgan "Vest Xem" – "Manchester Siti" uchrashuvi 2:1 hisobida o'z yakuniga etdi.

Vest Xem 2 – 1 Manchester Siti 
25 oktyabr, 16.45, Boleyn Graund 

Gollar: Amalfitano 21, Sako 74, Silva 76.

Ogohlantirishlar: Amalfitano 6, Kompani 43.
Vest Xem Adrian, Kressuell, Djenkinson, Kollinz, Rid, Song, Nobl, Amalfitano (Kuyate 65), Dauning, Sako (Nolan 88), E. Valensiya (Koul 76). 
Manchester Siti Djo Xart, Sabaleta, Mangalya, Kompani, Klishi (Kolarov 78) , Yaya Ture, Fernando (Milner 78), Navas, Silva, Aguero, Djeko (Yovetich 59).



Saytimizdan uzoqlashmang ikki soatlardan so'ng "El-klassiko" boshlanadi va bu o'yinni ham saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Barcha "Vest Xem" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman, "shaharliklar" muxlislariga esa hamdardlik bildirishdan boshqa iloj yo'q.

Uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. 

90+5. Muxlislar g'alabani nishonlashmoqda. SHunday mikin?

90+4. Bugungi o'yin qahramoni kim bo'ladi, Sakomi, Valensiyami yoki ADRIANMI??

90+3. ZARBAAAA!!! KOLAROVV! Burchak to'pi.

90+2. Yovetich, zarbaaaaa!!!! Adrian joyida.

90.  Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi. +5

89. Yaya Ture yaqin masofadan zarba berdi, bu zarbaga himoyachi halaqit qildi, ammo tegmadi.

88. O'zgarish. Jarohat olgan Sako o'rniga Kevin Nolan maydonga tushdi.

86. Adrian ishonchli harakat qilyapti, Pellegrini havotirda, "Siti"ning hujumlari o'xshamayapti.

85. Yana hujumda "shaharliklar".

84. Feyr-pley qoidasiga asoslanib mezbonlar to'pni tribunaga tepib yuborishdi. Ammo muxlislar to'pni bermoqchi emas.


83. "Vest Xem" futbolchisi raqib jarima maydonchasida yotibdi.


82. "SHaharliklar" o'z o'yinlarini endi topishganday. To'pni u qanotdan bunisiga o'girib hujumlar sonini ko'paytirishmoqda.
81. Adrian shoshmayapti, u shu yo'l bilan o'yin tempini tushirmoqchi.

80. "Siti" futbolchilari raqib maydonini egallab olishdi.

78. Adrian darvozasi oldida xavfli hujumlar ko'payib bormoqda.

76. GOOOOOLLLLLLLLLL!!!!!! David Silva raqib jarima maydonchasi ichida ikki himoyachini aldab o'tib, uzoq burchakka zarba berdi. BRAVOOOO!!!!! BYUTIFUL!!!

76. Karlton Koul Valensiya o'ringa maydonga tushdi.

75. Golni aniqlash tizimi ham so'zlarimizni tasdiqladi. Barakalla Sako!!!

74.GOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!!!!!!! SAKOOOO!!!! Uning bosh bilan bergan zarbasini Xart darvozaning ichidan qaytardi.

73. ZaAaaarrbbbaaaAA!!! Yaya Turening jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasi, darvozaning ustuniga tegib tashqariga chiqib ketdi.

72.Song maydonda yotipti, ammo "shaharliklar" o'yinni to'xtatayotgani yo'q. 

71. ZARBAAAA!!! Saxoning 20 metrdan bergan zarbasi yana darvoza ustidan o'tib ketdi.

70. Uchrashuv tempi biroz pasaydi. 

67. Yaya Ture markazda ikki futbolchini aldab o'tdi, ammo jamoadoshi unga to'pni qaytarib bera olmadi.

66. Mezbonlar xatto Xartga pressing uyushtirishdan ham uyalishmayapti. Barakalla azamatlar!
 
65. O'zgarish. Amalfitano o'rniga Kuyate endi "Siti"ga azob beradi.

65. Yaya Ture uzoq masofadan zarba berdi, yana omad kulib boqmadi.

64. Agueroning 5 metrdan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegdi, ikkinchi zarbani esa Adrian ushlab qoldi.

63. O'yin borgan sari qizib boryapti.

62. "SHaharliklar" hujumlarni ko'paytirishmoqda. 

61. "SA" o'quvchilari juda xushyor.

59. Yovetich Edin Jekoning o'rniga maydonga tushdi.

59. Chelsea_Alisher va NeY MaR JoN 1997 suratdagi inson Endi Kerrol emasligini sezib qolishdi. Bu uchrashuvda muxlis sifatida mashhur Gollivud aktyori Rassel Brend ishtirok etmoqda

56. "Siti" futbolchilari bir amallab hujumga o'tishga harakat qilishmoqda, ammo raqib bunga yo'l qo'ymayapti.

54. "Barselona"ning sobiq futbolchisi Song uchrashuvni yomon o'tkazayotgani yo'q.

51. Song jarima zarbasidan qaytgan to'pni, o'z jamoadoshiga etkazib berdi, xavfli zarba, ammo noaniq.

50. Jarima to'pi. Xart endi 25 metrlardan yo'llanadigan zarbani qaytarishiga to'g'ri keladi.

49. Valensiya o'yindan tashqari holatda.

48. Navbatdagi "uglovoy". "Siti" bu standartdan foydalana olmadi.

46. Sariq kartochka. Aleks Song. Qarshi hujumni to'xtatildi.

46. Burchak to'pi omadsiz o'ynaldi.

45. Ikkinchi bo'lim mezbonlarning hujumi bilan boshlandi. Burchak to'pi. "Siti" himoyada.


Stadionda Endi Kerrol.



Birinchi bo'lim statistikasi.
To'p bilan egalik qilish: 33,5 - 66,5
Burchak to'plari: 3 - 4
Qoida buzish:  10 - 7
O'yindan tashqari holat: 1 - 2
Qizil kartochka: 0 - 0
Sariq kartochka: 1 - 1
Darvozaga zarba: 5 - 6
Darvozaga aniq zarba: 2 - 1




Birinchi bo'lim o'z nihoyasiga etdi. 1:0  


45+2. Burchak to'pi. Sitining hujumlarini darvozabon Adrian to'xtatdi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. +2

44. O'ng qanotdan etkazib berilgan to'pga Sako eta olmadi. Burchak to'pi.

43. Kompani yana Valensiyani to'xtatib qoldi. Bu safar sariq rangdagi "mukofot"ga loyiq ko'rildi. Sariq kartochka.

42. Hozircha o'yin qaydnomasida faqatgina Amalfitanoning ismi yozilgan. 

41. Mezbonlar qulay vaziyatdan foydalana olishmadi. "Vest Xem" hujumlarni to'xtatmayapti.

38. "Vest Xem" futbolchilari jamoaviy o'yinda raqibni ortda qoldirishmoqda. Burchak zarbasini mezbonlar o'yinga kiritadi.

37. Yaya Turening zarbasi jonli devorni buzib tashlay olmadi. 

36. Aguero simulyaciya bilan jarima zarbasi ishladi. To'p darvozadan 17 yoki 18 metr uzqolikda.

35. Sako Silvani "o'rdi", ammo og'zaki ogohlantirish bilan qutilib qoldi.

34. Qoidabuzarlik. Song Agueroni yiqitdi. Darvozadan 30 metrlar uzoqlikdan Navas to'pni o'z jamoadoshlariga etkazib berdi. Mangala ham bosh bilan aniq o'ynay olmadi.

32. "Vest Xem" futbolchilari himoyada o'ynashni xohlashmayapti. Ularning xar bir harakatini "Boleyn Graund"ga yig'ilganlar olqishlab turishibdi.

31. Agueroning zarbasi kuchli, lekin noaniq.

30. Edin Jeko maydon markazida to'pni olib qo'yishda ham ishtirok etmoqda. Bugun Aguero asosiy hujumchi shekilli.

28. Valensiya faol. U raqib himoyachisi Mangalani bugun rosa ter to'kishga majbur qiladi shekilli.

27. Hujum ketidan hujum, ammo mezbonlar ham jim turishmayapti. Dauning qarshi hujumni gol bilan yakunlashi mumkin edi, ammo uning boshi raqib darvozasiga to'pni yo'llay olmadi.

26. Mezbonlar tartibli himoyalanishmoqda.

25. "Siti" maydonning xar bir burchagida to'p uchun jon berib kurashishmoqda.

24.Ana endi o'yin o'zgacha ruhda davom etishi aniq. Mangalaning xatosi "shaharliklar"ga qimmatga tushmasa bo'ldi.

23. Mehmonlar hujumlarni kuchaytirishmoqda. Burchak to'pi. Jekoning bergan zarbasi noaniq.

21. Valensiya o'ng qanotda qochib ketib, bo'sh qolgan Amalfitanoga pas berdi, yarim himoyachi esa bo'sh qolgan darvozani aniq nishonga oldi.

20. GOOOOOLLLLLLLLLL!!!!!!! AMALFITANO!!!!

19. Xartning ahvoli yaxshi.

18. Valensiya jarima to'pidan etkazib berilgan pasni darvozaga yo'llashga kech qoldi. Xart "Siti"ni goldan qutqarib qoldi. Hujumchi darvozabonga urilib ketdi.

17. Kompani qarshi hujumga qochib ketayotgan Valensiyani to'xtatib qoldi. SHunchaki og'zaki ogohlantirish.

16. Mezbonlar uyg'ongandek. "Siti" qattiq pressing ostida qolishmoqda.

14. Jamoalar to'pni bir-biriga ulashishdan uyalayotgani yo'q.

13. Burchak to'pi Agueroning zarbasi bilan yakunlandi, ammo uning chap oyog'i o'ngi kabi aniq emas ekan.

12. Xesus Navas burchak to'pi ishlab oldi.

11. O'yin vaziyatlarga boy bo'lyapti deyish qiyin, ammo  jamoalar uxlab ham qolishayotgani yo'q.

9. Bugun "Vest Xem" ikkinchi jamoa bo'lib harakat qiladi shekilli. CHunki "Siti" hujumlar uyushtirishda davom etmoqda, mezbon esa ularni kutib olyapti.

8. Mangalaning xatosi Xartga qimmatga tushishi mumkin edi, ammo darvozabon to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Mezbonlar burchak to'pini shunchaki raqiblariga topshirishdi.

7. Mehmonlar raqib jarima maydonchasi chap qanotidan standartni amalga oshirishdi. Kompanining boshi bilan bergan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

6. Sariq kartochka. Amalfitano.

5. "SHaharliklar" jarima to'pini David Silva amalga oshirdi, biroz noaniq.

4. Mezbonlar jarima maydonchasi oldida fol.

3. Jeko maydon markazida raqibga qo'pollik ishlatdi. Kartochkalar hozircha yo'q.

2. "Siti" futbolchilari sekin astalik bilan to'pga egalik qilish bo'yicha statistikani o'z tomonlariga og'dirishmoqda.

1. Mehmonlarning ilk hujumi Agueroning zarbasi bilan tugadi va rikoshet. "SHaharliklar" burchak to'pidan foydalana olishmadi.

0. O'yin boshlandi.

- Maydonda "Vest Xem"ning kayfiyatni ko'taruvchi pufakchalari uchib yuripti.

- Bugun siz bilan "Vest Xem" - "Manchester Siti" uchrashuvini O'zbek nomi ostidagi "SA" hodimi kuzatib boradi.

- Ikkala jamoa ham o'yin oldi chigal yozdi mashg'ulotlarini o'tkazishmoqda.

- "Manchester Siti". "SHaharliklar" sakkizinchi turdan keyin 17 ochko bilan ikkinchi o'rinda borishmoqda.

- Jamoalarning bu mavsumdagi Premer-ligadagi natijalari. Mezbonlar "Vest Xem" jamoasi sakkiz turdan so'ng  turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

- "XELLO" deya Angliya Premer-ligasining 9-tur dastlabki uchrashuvi "Vest Xem" - "Manchester Siti" bahsini matnli translyaciya qilishni boshlaymiz.

- Uchrashuv soat 16:45da boshlanadi.


Vest Xem 2 – 0 Manchester Siti
25 oktyabr, 16.45, Boleyn Graund 
Gollar: Amalfitano 21, Sako 74.
Ogohlantirishlar: Amalfitano 6, Kompani 43.
Vest Xem – Adrian, Kressuell, Djenkinson, Kollinz, Rid, Song, Nobl, Amalfitano, Dauning, Sako, E. Valensiya.
Manchester Siti – Djo Xart, Sabaleta, Mangalya, Kompani, Klishi, Yaya Ture, Fernando, Navas, Silva, Aguero, Djeko.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика