So’nggi yangiliklar

01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  1 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  1 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1

"Lokomotiv" yangi futbolchilarini tanishtirdi Yangiliklar

"Lokomotiv" yangi futbolchilarini tanishtirdi

Teglar :  Lokomotiv
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi yangi futbolchilarni rasman tanishtirdi.

Tadbir tafsilotlari bilan onlayn ravishda ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 



Ravshan Muqimov, "Lokomotiv" sport direktori: "Portugaliyaning "Braga" klubida faoliyat olib borgan Mikael Sekeyrani klubimizga taklif qildik. Nasib qilsa, ushbu murabbiy bilan o'z maqsadimizga erishmoqchimiz.

SHundan so'ng klubga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni tanishtirish marosimi boshlandi. Tadbirni klub matbuot xizmati rahbari Xayrulla Xoliqov olib bordi. Eng avvalo yangi futbolchilar o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashishdi.

Xurshid Muxtorov: Bu erda yaxshi jamoa shakllandi. Xudo xohlasa oldimizga qo'ygan maqsadga erishamiz. 

Islom Qobilov: "Lokomotiv"ga o'tishimning asosiy sababi - barcha aytib o'tganidek, chempionlik uchun kurash. Bu erda ko'p o'ylanib o'tirmadim. Faqat chempionlik uchun kurashamiz. 

Abdumavlon Abdujalilov: Jamoa oldiga doimo yuqori maqsadlar qo'yadi. Jamoadagi muhit alo.

Islom Rashidxonov: CHempion bo'lib yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz. "Lokomotiv" menga "Nasaf"ni eslatib yubordi. Bu erda yigitlar bilan tez chiqishib ketdi.

Javohir Sidiqov: Futbolchilar gapga usta bo'lmaydi. Qisqa gapirmoqchiman. Biz eng yuqori maqsad sari harakat qilamiz. Nasib qilsa, eng yuqori maqsad sari harakat qilamiz.

Sanjar Qodirqulov: "Loko"ga o'tganimdan xursandman. Yaxshi jamoa yig'ildi deb o'ylayman. Xudo xohlasa chempion bo'lishga harakat qilaman.

Ispaniyalik markaziy himoyachi Diego Bardanka: "Bu erda ekanligimdan xursandman. Ushbu klubdan taklif tushganidan so'ng boshqa variant haqida o'ylab o'tirganim yo'q. O'ylaymanki, oldimizga qo'yilgan maqsadga erishishga harakat qilamiz. 

-Sanjar Qodirqulovga savol: Sizga Rossiyadan takliflar bo'lgani haqida xabarlar tarqalgandi... Bunga qanday izoh bera olasiz?

-Bu borada aniq taklif kelib tushgani yo'q. SHuning uchun ham "Lokomotiv" variantini tanladim. 

-Javohir Sidiqovga savol: "Qo'qon"dan ijara asosida o'tdingiz. U klub bilan shartnomangiz qachongacha mo'ljallangan? Ijara muddati qachongacha davom etadi?

-SHartnomada barcha bandlar ko'rsatilgan. Uni barchaga malum qilish mumkin emas. SHuning uchun, bu savolni ochiq qoldirib turaman.


-Islom Rashidxonovga savol: Ro'ziqul Berdiev va portugaliyalik murabbiylar farqini qanday ko'rsata olasiz?

-Ro'ziqul aka jamoaviy o'yin tarafdori, Kanchelskis kuchga tayangan holda o'ynaydi, Sekeyra esa tezkor o'yinni maqul ko'radi. Bu o'yin uslubi ham menga maqul kelmoqda. "Navbahor" o'yin uslubida o'zimni ko'rmadim. 


-Bardanka Ispaniya nashriga bergan intervyusida "O'zbekistonda jannatda yurgandekman" deb aytdi. Ispaniya va O'zbekistonni solishtirsak, bugungi kunda koronavirus bo'yicha vaziyat qanday?

-Pandemiya tomondan olib qaraydigan bo'lsak, bu erda vaziyat birmuncha engil. Bu meni hayron qoldirdi, shu bilan birga xursand bo'ldim. 


-Islom Qobilovga savol: Oldingizda boshqa takliflar, hususan Koreyadan ham taklif bor edi. Nima uchun bu erda qoldingiz?

-To'g'ri, boshqa takliflar ham bor edi. Ammo klub rahbariyati bilan gaplashganimda, xorijdan taklif chiqsa ketishimga rozi ekanliklarini aytishgandi. Ammo orada bazi muammolar keldi va bu erda qolishga qaror qildim. Bu erda qolishimda murabbiyning o'rni ham katta bo'ldi. 


Tadbir davomida "Lokomotiv" fan-klubi vakillari tomonidan bosh murabbiyga ramziy sovg'a - 12-raqam tushirilgan futboka taqdim etildi.

Savol - javob qismi yakuniga etganidan so'ng, futbolchilarga klub liboslari taqdim etildi. 


Aziz To'xtamurodov yozib oldi

Foto: Jahongir Fayzullaev



Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика