"Lokomotiv" Turkiyada Ukraina chempionatining 3-o'rindagi jamoasi bilan durang o'ynadi
31 jan 2021 20:34
Yangiliklar


"Lokomotiv" Turkiyada Ukraina chempionatining 3-o'rindagi jamoasi bilan durang o'ynadi
Unda tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi. Qayd etish kerak, uchrashuvning 11-daqiqasida Azizbek Amonov bo'sh qolgan darvozaga gol ura olmagan bo'lsa, 25-daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqov ham yaxshi imkoniyatdan raqib postiga yo'l topa bilmadi. Ikkinchi bo'limda ham "Loko"da bir necha bora qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. O'z navbatida "Desna" ham bir necha yaxshi imkoniyatlar yaratgandi. Biroq bularning gol bo'lishiga "Loko" futbolchilari yo'l berishmadi. Yakuniy hisob, 0:0.
"Lokomotiv"ning 1-bo'limdagi tarkibi: Javohir Ilyosov, Dilshod Komilov, SHerzod Fayziev, Jaloliddin Jumaboev, SHuhrat Muhammadiev, Sanjar Qodirqulov, G'ulom-Haydar Gulyamov, Diyorjon Turapov, Sadriddin Abdullaev, Aziz Amonov, Temurxo'ja Abduxoliqov.
2-bo'limdagi tarkib: Abdumavlon Abduljalilov, Farruhjon Ibrohimov, Islomjon Qobilov, Diego Bardanka, Kaxi Maxaradze, Avazbek O'lmasaliev, Xurshid Muxtorov, Islom Rashidxonov, Javohir Siddiqov, Javohir Alijonov, Marat Bikmaev, Boburjon Asqarov, Ibrohim G'anixonov.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar