So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  4 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  12 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  8 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  23 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  4 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  10 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

"Lokomotiv" Turkiya yig'inini yakunlab Toshkentga qaytdi Yangiliklar

"Lokomotiv" Turkiya yig'inini yakunlab Toshkentga qaytdi

O'zbekistonning amaldagi chempioni xorij yig'inini yakunlab yurtimizga qaytib keldi.

"Lokomotiv" yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi va asosiy qismini Turkiyada tashkil etdi. 30 yanvardan 13 fevralga qadar davom etgan yig'in chog'ida "temiryo'lchilar" to'rtta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. 

Dastlabki sinov-nazorat bahsi Moskvaning "Dinamo" klubiga qarshi kechib, bunda 1:1 hisobi qayd etildi. O'yinda futbolchimiz Avazbek O'lmasaliev gol muallifi bo'ldi. 

4 fevral. O'rtoqlik uchrashuvi
"Lokomotiv" - "Dinamo" (Moskva) 1:1 

"Lokomotiv" tarkibi: Javohir Ilyosov, SHuhrat Muhammadiev, Igor Yelich, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteev, Yovan Jokich, Alisher SHog'ulomov, Sardor Mirzaev, Jamshid Iskanderov, Husniddin G'ofurov, Temurxo'ja Abduxoliqov. 

Zaxiradan tushganlar: Mamur Ikromov, Arslonmurod Amonov, Aziz Haydarov, Filipp Rayevac, Avazbek O'lmasaliev, Sergey Proxorov, Farrux Ibrohimov, Bobur Ergashev.


Ikkinchi bellashuv Qozog'iston klubi "Astana"ga qarshi o'tkazildi va bunda ham o'yin 1:1 hisobida yakun topdi. Uchrashuvda dastlab qozog'istonliklar gol urishdi. Bahs oxirlarida esa Husniddin G'ofurov o'rtadagi vaziyatni tikladi. 

6 fevral. O'rtoqlik uchrashuvi
"Lokomotiv" - "Astana" 1:1 

"Lokomotiv" tarkibi: Mamur Ikromov, Oleg Zoteev, Anzur Ismoilov, Igor Yelich, SHuhrat Muhammadiev, Yovan Jokich, Islom To'xtaxo'jaev, Sardor Mirzaev, Aziz Haydarov, Filip Rayevac, Temurxo'ja Abduxoliqov. 

Zaxiradan tushganlar: Javohir Ilyosov, Javohir Esonqulov, Arslonmurod Amonov, Avazbek O'lmasaliev, Sergey Proxorov, Farrux Ibrohimov, Bobur Ergashev, Alisher SHog'ulomov.


Antaliya yig'inidan o'rin olgan uchinchi o'rtoqlik uchrashuvi esa Ukrainaning "Zarya" klubiga qarshi o'tkazilib, bunda "temiryo'lchilar" 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 

9 fevral. O'rtoqlik uchrashuvi
"Lokomotiv" - "Zarya" 0:1 

"Lokomotiv" tarkibi: Javohir Ilyosov, Oleg Zoteev, Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, SHuhrat Muhammadiev, Jamshid Iskanderov, Arslonmurod Amonov, Sardor Mirzaev, Husniddin G'ofurov, Yovan Jokich, Temurxo'ja Abuxoliqov. 

Zaxiradan tushganlar: Mamur Ikromov, Javohir Esonqulov, Filip Rayevac, Davron Hoshimov, Avazbek O'lmasaliev, Sergey Proxorov, Farruh Ibrohimov, Bobur Ergashev, Alisher SHog'ulomov, Diyor Turopov. 

Nihoyat to'rtinchi nazorat bahsida "Lokomotiv"ning raqibi Sloveniyaning "Olimpiya" klubi bo'ldi. Bu uchrashuvda ham dastlabki ikkita o'yinda bo'lgani kabi 1:1 hisobi qayd etildi. "Loko" safida Alisher SHog'ulomov raqib darvozasiga to'p kiritdi. 

12 fevral. O'rtoqlik uchrashuvi
"Lokomotiv" - "Olimpiya" 1:1 

"Lokomotiv" tarkibi: Mamur Ikromov, Oleg Zoteev, Islom To'xtaxo'jaev, Igor Yelich, Davron Hoshimov, Aziz Haydarov, Diyor Turopov, Jamshid Iskanderov, Alisher SHog'ulomov, Arslonmurod Amonov, Filip Rayevac. 

Zaxiradan tushganlar: Javohir Ilyosov, Javohir Esonqulov, Sardor Mirzaev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Avazbek O'lmasaliev, Husniddin G'ofurov, Yovan Jokich, Sergey Proxorov, Farrux Ibrohimov, Bobur Ergashev. 

SHunday qilib Antaliyada 14 kun ichida to'rtta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan "Lokomotiv" uchta durang va bitta mag'lubiyat qayd etdi. Albatta, nazorat bahslarida natija muhim emasligini muxlislar juda yaxshi bilishadi. Muhimi, murabbiylar o'yindagi kamchiliklarni ko'rib olishdi va xatoni tuzatib borish rasmiy o'yinlarda katta yordam beradi.

Mavsum boshlanishiga kam fursat qolayotgan bir paytda "Lokomotiv" tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi. Jamoani 23 fevral kuni joriy yilning ilk rasmiy uchrashuvi kutmoqda. SHu kuni "Paxtakor" markaziy stadionida "Lokomotiv" O'zbekiston Superkubogi uchun kurashda Olmaliqning AGMK jamoasi bilan bellashadi. Bu o'yin bilan "temiryo'lchilar" uchun 2019 yilgi futbol mavsumi start oladi.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика