So’nggi yangiliklar

00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 00:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ювентус" (онлайн ҳисоб)  31 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

"Lokomotiv" Stiven Jerrard boshqarayotgan klubga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi Yangiliklar

"Lokomotiv" Stiven Jerrard boshqarayotgan klubga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Superligani ikkinchi o'rinda tugatgan "Lokomotiv" yangi mavsumni birmuncha erta boshlaydi.

"Temiryo'lchilar" 21 yanvardan Osiyo chempionlar ligasiga kirishadilar. SHu kuni Toshkentda Tojikiston chempioni "Istiqlol" OCHL pley-off bosqichi doirasida mehmon bo'ladi. 

Agar "Lokomotiv" 21 yanvar kuni "Istiqlol"ni mag'lub etsa, 28 yanvar kuni safarda Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubiga qarshi ikkinchi pley-off uchrashuvini o'tkazadi. "Al Ahli" mag'lub etilgan taqdirda jamoamiz OCHL guruh o'yinlariga yo'llanma oladi. Ko'rib turganingizdek, "Loko" uchun yangi mavsum ancha erta start oladi. 

"Temiryo'lchilar" mavsumga tayyorgarlikning dastlabki qismini Yangi yil bayramiga qadar Toshkentda olib borishadi. SHundan so'ng jamoa Dubayga yo'l olib OCHL bahslariga tayyorgarlikni davom ettiradi. Dubayda bo'ladigan o'quv-mashg'ulot davomida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish ko'zda tutilgan. 

Hozircha "Lokomotiv"ning ikkita raqibi malum. Klub tomonidan yuborilgan taklifga Xitoy va SHotlandiya klublari rozilik bildirishdi. SHulardan biri Xitoy Superligasi vakili "Jiangsu Suning" futbol klubi. Malumot uchun, ushbu jamoa bu yilgi chempionatni 4-o'rinda tugatdi. "Jiangsu" bosh murabbiyi ruminiyalik Kosmin Olariu hisoblanadi. Ikkinchi jamoa esa SHotlandiyaning eng nomdor klublaridan biri "Glazgo Reynjers". Ayni paytda ushbu jamoani "Liverpul"ning sobiq sardori Stiven Jerrard boshqaryapti. 

Har ikki xorij klubiga "Lokomotiv" PFK tomonidan yuborilgan taklif maqul keldi. "Lokomotiv" "Glazgo Reynjers"ga qarshi 10 yoki 11 yanvar kuni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. "Jiangsu Suning" bilan bo'ladigan o'yin 14 yanvarga belgilangan. Jamoamizning yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi haqida to'liq malumot keyinroq klub matbuot xizmati tomonidan beriladi. 

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика