"Lokomotiv" Slovakiyaning 7 karra chempionini mag'lub etdi
18 jan 2019 18:58
Yangiliklar
"Lokomotiv" Slovakiyaning 7 karra chempionini mag'lub etdi
"Lokomotiv" Dubaydagi ikkinchi sinov-nazorat o'yinini o'tkazdi.
Uchrashuvdagi gollar ikkinchi bo'limda kiritildi. 82-daqiqada Alisher SHog'ulomov bir himoyachini aldab o'tdi va darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib, darvozani ishg'ol qildi, 1:0.
89-daqiqada Timurxo'ja Abduholiqov ajoyib vaziyatni ko'kka sovurmadi, 2:0.
"Lokomotiv" - "Jilina" (Slovakiya) 2:0
Gollar: Alisher SHog'ulomov (82, 1:0), Timurxo'ja Abduholiqov (89, 2:0).
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Farruh Ibrohimov, Sergey Proxorov, Igor Yelich, Diyorjon Turopov, Sadriddin Abdullaev, Jamshid Iskanderov, Seiya Kojima, Filipp Rayevatc, Alisher SHog'ulomov, Timurxo'ja Abduholiqov.
Zaxiradan tushganlar: Mamur Ikromov, Bobur Ergashev, Bobur Otaxonov, Avazbek O'lmasaliev, Jaloliddin Jumaboev, Ulug'bek Abdullaev, Asad Ergashev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar