So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  0 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

"Lokomotiv" Saudiya Arabistoni etakchisi bilan durang o'ynadi Yangiliklar

"Lokomotiv" Saudiya Arabistoni etakchisi bilan durang o'ynadi

Teglar :  LokomotivAl-Ahli
Dubaydagi ettinchi kun yangi yildagi birinchi o'rtoqlik uchrashuviga to'g'ri keldi.

Raqib - Saudiya Arabistoni Pro-ligasi etakchisi “Al-Ahli”.

Bosh murabbiy Mirko Elichich boshlang'ich tarkibda ikkita hujumchini maydonga tushirishga qaror qildi. Timurxo'ja Abduholiqovga Doniyor Usmonov yordam berishi ko'zda tutilgandi. Yarim himoya qanotlarini katta Jasur Hasanov hamda Sardor Mirzaev egallashdi. Ularning ortida mos ravishda Oleg Zoteev va kichik Hasanov to'p surishdi. Himoya markazida To'xtaxo'jaev-Muxtorov tandemi sinovdan o'tkazilgan bo'lsa, markaz ikki tajribali futbolchi – Server Jeparov hamda Kaxi Maxaradzega ishonib topshirildi.

Saudiya chempionatining birinchi davrasi ortda qolganligini inobatga oladigan bo'lsak, raqib jamoaning o'yin amaliyoti bobida muammosi yo'q edi. “Lokomotiv”da esa shuning aksi – qishki tatildan keyin futbolchilar sekin-asta tiklanib kelishmoqda. Bu farq o'yinning borishiga tasir etayotganligini payqash qiyin emasdi. SHunga qaramay “temiryo'lchilar” birinchi bo'limda raqib bilan tengma-kurash olib borishdi.

Dastlabki 45 daqiqada hisob ochilmadi. Ignatiy Nesterov ishonchli o'yin ko'rsatgan bo'lsa, oldingi chiziqda Timurxo'ja Abduholiqovning omadi yurishmadi. Bir safar u darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatdan foydalana olmadi.

Ikkinchi bo'limda Elichich zahirada qoldirilgan barcha futbolchilarni maydonga tushirishga qaror qildi. SHu tariqa Islom To'xtaxo'jaev, Oleg Zoteev va katta Jasur Hasanovdan tashqari boshlang'ich tarkibning qolgan futbolchilari o'z o'rinlarini bo'shatib berishdi. 70-daqiqaga kelib Zoteev hamda Hasanovga ham dam berildi. Ularning o'rnini Xurshid Muxtorov hamda Doniyor Usmonov qaytadan egallashdi. Bahs o'rtoqlik maqomida bo'lgani uchun buning iloji bor edi.

Bo'lim avvalini raqib faol boshlagan bo'lsada, maydonga tushirilgan “Lokomotiv” futbolchilari o'yinga kirishib ketishgach, uning suratini tenglashtirishdi. Taymda golga tortishi mumkin bo'lgan vaziyatlar birinchisiga qaraganda kamroq sodir etildi.

SHu tariqa teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi – 0:0. Futbolchilarimizning o'yin amaliyoti etarli bo'lmagan bir vaqtda Saudiya etakchisi darvozamizni ishg'ol qila olmadi.

Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv” navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 19 yanvar kuni o'tkazadi. Bu safar “temiryo'lchilar” Xitoy chempionatini 5-o'rinda yakunlagan “Xenan Jiane”ga raqib bo'ladilar. Tarkibida Janubiy Koreya, Portugaliya, Braziliya kabi mamlakatlardan legionerlari bor jamoada O'zbekiston milliy terma jamoasining bo'lajak raqibi - Filippin safida to'p suradigan Xaver Patino ham to'p suradi.

15 yanvar, 2016 yil

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi

“AL-AHLI” (S. Arabistoni) – LOKOMOTIV (O'zbekiston) 0:0

“Lokomotiv”: 1. Ignatiy Nesterov (12. Mamur Ikromov, 46), 36. Xurshid Muxtorov (4. SHerzod Fayziev, 46), 20. Islom To'xtaxo'jaev, 35. Oleg Zoteev, 24. Kaxi Maxaradze (18. Timur Kapadze, 46), 16. Jasur Hasanov (68. Sergey Proxorov, 46), 77. Jasur Hasanov, 21. Server Jeparov (22. Sanjar SHoahmedov, 46), 8. Sardor Mirzaev (41. Quvondiq Ro'ziev, 46), 11. Timurxo'ja Abduholiqov (7. Ivan Vukovich, 46), 34. Doniyor Usmonov (10. Marat Bikmaev, 46).

Ogohlantirishlar: Sergey Proxorov (60), SHerzod Fayziev (77).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика