"Lokomotiv" saytida tuzatish ishlari olib borilmoqda
03 iyu 2015 13:29
Yangiliklar


"Lokomotiv" saytida tuzatish ishlari olib borilmoqda
Hozirda saytimiz yangicha format (ko'rinish)ga o'tkazilmoqda, shuningdek boshqa xostingga ko'chirilyapti. Bu esa biroz vaqtni oladi.
Sayt nega ishlamayotgani borasida jamoamiz muxlislari bizga ko'p bora murojaat etishdi. Biz ularni tushunamiz va ayni mavsum o'zining qizg'in pallasiga kirib borayotgan bir paytda sayt bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgani uchun uzr so'raymiz. Lekin yaqin bir hafta ichida www.lokomotiv.uz yangicha ko'rinishda va boshqa xostingda yana xizmatingizda bo'ladi.
To saytimiz ishlab ketguniga qadar bizni Facebook, Twitter, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borishingiz mumkin.
Feysbukdagi sahifamiz: facebook.com/PFCLokomotiv
Tvitterdagi sahifamiz: twitter.com/LokomotivUzb
Instagramdagi sahifamiz: instagram.com/pfc.lokomotiv
"Lokomotiv" matbuot-xizmati

Fikrlar