“Lokomotiv” - “Qo'qon-1912” uchrashuvi hakami jazolanadi
07 apr 2018 21:33
Yangiliklar
“Lokomotiv” - “Qo'qon-1912” uchrashuvi hakami jazolanadi
Valentin Kovalenko boshqarib borgan bellashuvning 17-daqiqasida “Lokomotiv” futbolchilari hisobni tenglashtirishga erishdi. Takroriy lavhalar gol o'yindan tashqari holatdan kiritilganini ko'rsatdi.
O'sha vaziyatda qanot hakami Akbar Po'latov so'nggi himoyachi bilan bir chiziqda turishi va Marat Bikmaevning o'yindan tashqari holatda ekanini aniqlab, bayroqchasini ko'tarishi kerak edi. Biroq laynsmen bu vaziyatni etibordan chetda qoldirdi. Oqibatda uning xatosi o'yin natijasiga o'z tasirini ko'rsatdi.
“Lokomotiv” - “Qo'qon-1912” uchrashuvi nazoratchisining bildirgisiga asosan Akbar Po'latov 4 ballga (2 baho) loyiq ko'rildi. Endilikda u Superliga o'yinlariga qo'yilmaydi. Jazo muddati qancha vaqt davom etishini O'FF Hakamlar qo'mitasi hal qiladi.
Fikrlar