“Lokomotiv” PFK bosh direktori “Everton”da malaka oshirdi
08 apr 2018 20:36
Yangiliklar


“Lokomotiv” PFK bosh direktori “Everton”da malaka oshirdi
O'zbekiston hamda Angliya Futbol Associaciyalari o'zaro hamkorligi doirasida yurtimizning bir qator jamoalari bosh direktorlari ingliz diyorida bo'lib, “Everton” klubida malaka oshirishdi.
Jumladan, “Lokomotiv” PFK bosh direktori Zokir Seidullaev ham “Everton”ga tashrif buyurib, ushbu klubning ichki infratuzilmasi, akademiyasi, marketing bo'limlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Zokir Ikramovich tashrif davomida ingliz jamoasining o'yinlar o'tkazishga tayyorgarlik jarayoni, muxlislar uchun yaratiladigan qulayliklar, o'yin kuni bo'lib o'tadigan turli tadbirlar, umuman futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish borasidagi tajribasini o'rgandi.
Qolaversa, “Everton” futbol akademiyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, ushbu klubning yosh iqtidorlarni tarbiyalash falsafasi to'g'risida ham batafsil malumotga ega bo'lindi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar