So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  10 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  16 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

“Lokomotiv” O'zbekistonning eng kuchli kiberfutbolchilari bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

“Lokomotiv” O'zbekistonning eng kuchli kiberfutbolchilari bilan shartnoma imzoladi

Teglar :  Kiberfutbol
Xabaringiz bor, O'zbekistonda “Virtual Football” kompaniyasi PCFL (Professional Cyber Football League) ligasining tashkil qilinishi haqida ommaviy axborot vositalarida keng targ'ib etilmoqda.

Butun dunyoda yangi sport turiga aylanib borayotgan Kiberfutbol vakillari Jahon chempionatlari va Jahon Gran-prilarida vatanimiz sharafini himoya qilib kelmoqdalar.

“Lokomotiv” futbol klubi ham O'zbekistonning eng kuchli kiberfutbolchilari bilan shartnoma imzoladi. Birinchi marta o'tkazilayotgan O'zbekiston chempionatida klubimiz sharafini to'rt nafar kiberfutbolchi himoya qiladi. Ushbu kiberfutbolchilar Jahon chempionatlari, Jahon Gran-prilari, MDH kuboklari, O'zbekiston chempionatlarida eng yuqori natijalarni qayd etib kelishmoqda.

SHu munosabat bilan “Lokomotiv” futbol klubida kiberfutbolchilarga o'zlari tanlagan raqamlarni topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda “Lokomotiv” futbol klubi bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov so'z olib yurtimizda va dunyoda kibersportni judayam tez ommaviylashib borayotganini takidlab o'tdi va kiberfutbolchilarimizga boshlanajak mavsum oldidan omad tiladi. SHu o'rinda jamoa sardori, Jahon arenalarida tanilgan kibersportchi Abdusapi Qayumov ham so'z olib “Lokomotiv” klubi sharafini nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda munosib himoya qilishga harakat qilishini aytib o'tdi.

Quyida kiberfutbolchilarimiz bilan tanishtirib o'tamiz:

77 raqam. Abdusapi Qayumov, Abdusapi_Legend. Professional kibersportchi. 


Xitoyda o'tkazilgan Jaxon chempionatida TOP 6 kiberfutbolchisi qatoridan o'rin olgan. Ikki karra O'zbekiston chempioni.

Qo'lga kiritgan yutuqlari:

F I F A 1 3
- 1 o'rin – Tashkent regional [Asia Games], 2013 ( PC )
- 3o'rin – Qualification to the Asian Games, FIFA 13 ( PC)
- 1 o'rin – UCG2013,Tashkent Regional , FIFA 2013, 2013 (PC)
- 1 o'rin – WorldCyberGames: Uzbekistan,WCG 2013 ( PC )
- 1 o'rin – Uzbekistan Shampion,UCG 2013 ( PC )

F I F A 1 4
- TOP8 – Grand Final [WorldCyberGames] in China (Kunshan), 2013 ( PC )
- 1 o'rin – ESWC Uzbekistan, 2014 ( PS4)
- 1 o'rin – Uzbekistan Shampion,UCG 2014 ( PC )
- 1 o'rin – Allianz Arena Pro A league, 2014 ( PS4)

F I F A 1 5
- Ishtirokchi – ESWC Grand Final in France (Paris), 2014 ( Xbox One )
- 1 o'rin – Joma Cup in Uzbekistan, 2014 ( PS4)
- TOP4 – Project X 2 season CIS ,2015 (Online) ( PS4)
- 3 o'rin – CIS (SNG) Stars CUP -2015 (Online) ( PS4)
- TOP 8-10 – Kvalifikaciya CIS WSVG Maldives, Moscow (Russia) (FIFA 15, PS4)
- TOP2 – Uzbekistan CUP -2015 (Tashkent) ( FIFA15 , PS4)

F I F A 16
- 3 o'rin – The Legend Legue ( Allianz e`sport ) (PS4)
- TOP 4 – Project X 4 season CIS ,2016 (Online) ( PS4)
- Top 5-6 – Cup of Friendship of Peoples CIS Tashkent – (April, 2016) ( PS4)
- 1 o'rin – The Legend CUP [Allianz e`sport ], Tashkent -(April, 2016) ( PS4 )
- 1 o'rin – Project X – 3 season Uzbekistan , Tashkent -(July, 2016) ( PS4 )

7-raqam. O'ktam Ibragimov _Rembo


2013 yildan beri kibersport bilan shug'ullanib kelmoqda.

Qo'lga kiritgan yutuqlari:
- TOP 8. Uzbekistan Cyber Games-2014 (Tashkent) ( FIFA15 , PS4)
- 1 o'rin – Uzbekistan CUP -2015 (Tashkent) ( FIFA15 , PS4)
- TOP 8. Cup of Friendship of Peoples CIS Tashkent – (April, 2016) ( PS4)

11-raqam. Sanjar Usmonov – Blancos


2014 yildan beri kibersport bilan shug'ullanib kelmoqda.

Qo'lga kiritgan yutug'i:
- TOP 16. Cup of Friendship of Peoples CIS Tashkent – (April, 2016) ( PS4)

26-raqam. Mirazizov SHerzod – Shurlle 


2011 yildan beri kibersport bilan shug'ullanib kelmoqda.

Qo'lga kiritgan yutuqlari:
- TOP 16. Cup of Friendship of Peoples CIS Tashkent – (April, 2016) ( PS4)
- 1 o'rin. Allianz Cup.

O'zbekiston chempionatida qatnashish uchun dastlab saralash baxslari o'tkaziladi. Dastlab kiberfutbolchilar viloyat va shahar bosqichlarida qatnashib va undan muvaffaqiyatli o'tgan Respublika finaliga yo'l oladilar va ushbu finalda kuchli 64 kiberfutbolchi o'zaro kuch sinashadi. Kuchli 20 talikka kirgan ishtirokchilar Oliy ligada qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Yana 16 ishtirokchi esa birinchi ligada ishtirok etadi.
Kiberfutbol saralash bahslari FIFA 16 o'yini PS4 (PlayStation 4)da o'tkaziladi.
Oliy Liga baxslari esa FIFA 17 o'yinida PS4 (PlayStation 4)da o'tkaziladi. Musobaqaga shu yilning noyabr oyida start beriladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика