So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  198 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

“Lokomotiv” “Nasaf” maydoniga safar uyushtiradi Yangiliklar

“Lokomotiv” “Nasaf” maydoniga safar uyushtiradi

Teglar :  LokomotivNasaf
O'zbekiston XXVI milliy chempionatining 21-turida markaziy maqomidagi match Qarshida bo'lib o'tadi.

Unda mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” “Nasaf” jamoasi mehmoni bo'ladi.

Mazkur qarama-qarshilikni tajribali referi – Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. O'yin Qarshidagi “Markaziy” arenada soat 18:45da start oladi.

Takidlash joizki, “Lokomotiv” “Nasaf”ga qarshi milliy chempionatimiz doirasida shu paytga qadar 25ta uchrashuv o'tkazgan. O'yinlarning 8tasida “temiryo'lchilar”, 12tasida esa “ajdarlar” g'alabaga erishgan. Yana 5ta bellashuvda durang natija qayd etilgan.



Ushbu ikki jamoa o'rtasidagi qarama-qarshilik doimo muxlis-u mutaxassislar diqqat markazida bo'lib kelgan. Qayd etish joizki, jamoalarning so'nggi 10ta o'yinida “Loko” 7 bor zafar quchgan. 2 marta “Nasaf” g'alabaga erishgan va bir marta jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan.

“Lokomotiv” ushbu jamoaga qarshi uchrashuvlardagi eng yirik hisobdagi g'alabasiga 2014 yilda Qarshida erishgan. Qiziqarli va gollarga boy tarzda o'tgan matchda “Loko” futbolchilari safardan 5:2 hisobidagi g'alaba bilan qaytishgan.



Eslatib o'tamiz, jamoalarning birinchi davradagi Toshkentda o'tgan o'yinida “temiryo'lchilar” raqibdan 2:1 hisobida ustun kelishgandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика