“Lokomotiv” Minskda so'nggi mashg'ulotini o'tkazdi
19 iyu 2017 17:52
Yangiliklar
“Lokomotiv” Minskda so'nggi mashg'ulotini o'tkazdi
Poytaxtimizning “Lokomotiv” jamoasi ayni damda Belorussiya poytaxti Minsk shahrida yig'in o'tkazayotganini bilasiz.
11 iyul sanasida yig'inni boshlagan “Temiryo'lchilar” kecha mazkur yig'in doirasidagi so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi. Unda “Loko” 3:0 hisobida “Sluck”dan ustun keldi.
Bugun esa “Lokomotiv” futbolchilari kechagi o'yindan keyingi tiklanish mashg'ulotini o'tkazishdi. Mashg'ulot jarayoni trenajyor zalida olib borildi va murabbiylar shtabi futbolchilarga turli yuklamalar berishdi.
Quyida jamoamizning Minskda o'tkazgan so'nggi mashg'ulotidan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.






"Lokomotiv" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar