"Lokomotiv" "Metallurg"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
05 okt 2015 15:12
Yangiliklar


"Lokomotiv" "Metallurg"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Oliy ligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida "Lokomotiv" 10 oktyabrda kuni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
"Temiryo'lchilar" shu haftaning shanba kuni Bekobodning "Metallurg" klubiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushishadi.
Bu o'yinda "Lokomotiv"ning terma jamoaga chaqirilgan fubolchilari ishtirok eta olishmaydi. Xususan, Ignatiy Nesterov, SHavkat Mullajonov, katta Jasur Hasanov, Islom To'xtaxo'jaev, Marat Bikmaev va Sanjar SHoahmedov ayni paytda milliy terma jamoa bilan Bahraynga qarshi tayyorgarlik ko'rishyapti.
Bobur Yo'ldoshev bilan Ikrom Aliboev esa 9 oktyabrdan olimpiya terma jamoamiz ixtiyorida bo'lishadi. "Metallurg"ga qarshi o'yin soat nechada va qaysi stadionda bo'lib o'tishi haqida keyinroq malumot beramiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar