So’nggi yangiliklar

22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10

“Lokomotiv” juda qiyin o'yinda “Metallurg”ni mag'lub etdi Yangiliklar

“Lokomotiv” juda qiyin o'yinda “Metallurg”ni mag'lub etdi

Teglar :  LokomotivMetallurg
Superliganing 28-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” – “Metallurg” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


O'yin boshlandi. 13-daqiqada Ikrom Aliboevning zarbasi darvozabonning qo'llariga tegib, maydonni tark etdi. 14-daqiqada Oleg Zoteevning uzatgan to'piga Timurxo'ja Abduholiqov etib bora olmay qoldi. Aks holda hujumchi bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilardi. 

42-daqiqada Islombek Isoqjonov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchakdan oshirilgan to'pga Islom To'xtaxo'jaev ulgurmadi. 45+1-daqiqada Sardor Mirzaevning zarbasi biroz noaniq ketdi.

58-daqiqada Sardor Mirzaevning uzoq masofadan tepgan to'pini Javohir Ilyosov ushlab oldi. 63-daqiqada Abduxoliqovning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi.

66-daqiqada Zabihillo O'rinboev ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.

87-daqiqada Sardor Mirzaev yaqin masofadan bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi. 

90-daqiqada Anzur Ismoilov jarima maydoni ichidagi pala-partishlikdan so'ng gol urdi - 1:0.


“LOKOMOTIV” – “METALLURG” 1:0
Hakamlar
: Hasan Ro'ziev, SHoxruh Azamov, Ravshan Kapadze, Sultonmurod Abdurahmonov.
Nazoratchi: Aleksandr Popov.
Komissar: Aleksandr Davidenko.

Gol: Anzur Ismoilov 90, - 1:0.

"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 33. Oleg Zoteev, 55. Anzur Ismoilov, 9. Ikrom Aliboev, 15. Sardor Mirzaev, 7. Sadriddin Abdullaev (77. Diyorjon Turopov, 80), 22. Sanjar SHoahmedov (80. Farruhjon Ibrohimov, 69), 10. Marat Bikmaev, 11. Timurxo'ja Abduxoliqov (19. Xusniddin G'ofurov, 64).
Zaxiradagilar: 12. Mamur Ikromov, 14. Aziz Amonov, 21. Nikolay Pogrebnyak, 23. Idris Bikmaykin, 74. Alisher SHog'ulomov, 88. Igor Yelich.

"Metallurg": 35. Javohir Ilyosov, 2. Zoir Jo'raboev, 5. Abbos Otaxonov, 7. Suhrob Nurulloev, 9. Zabixillo O'rinboev, 10. Islombek Isoqjonov (91. Pavel Smolyachenko, 76), 15. Zohid Abdullaev (11. Muhammadjon Sultonov, 82), 22. Davronbek Umirov (90. Zafar To'raev, 85), 37. SHerzod Fayziev, 42. Xudoyshukur Sattorov, 77. Muhammad Isaev.
Zaxiradagilar: 1. Zafar Safoev, 14. Abror Toshqo'ziev, 16. Jasur Hasanov, 87. Bahodir Pardaev, 88. Abror Husinov, 92. Otabek Zokirov.

Ogohlantirishlar: Zabihillo O'rinboev 22, Islombek Isoqjonov 25, Oleg Zoteev 28, Muhammadjon Sultonov 88,

CHetlatish: Zabihillo O'rinboev 66


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика