So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

"Lokomotiv": Maqsad aniq, yo'ldan qaytish yo'q! Yangiliklar

"Lokomotiv": Maqsad aniq, yo'ldan qaytish yo'q!

Teglar :  LokomotivMetallurg
“Lokomotiv” kecha bo'lib o'tgan o'yinda “Metallurg”ni mag'lub eta olmadi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakun topdi.

Albatta, bundan jamoamiz ishqibozlarining hafsalasi pir bo'lgani aniq. Bekobodliklar muxlislar esa aksincha xursand holda uyga qaytishdi.

Kechagi bellashuvda bir qator omillar bizga o'z tasirini o'tkazdi. Xususan, Dilshod Rahmatullaevning zarbasidan so'ng gol bo'lgan-bo'lmaganini aniqlash salkam o'n daqiqacha vaqtni oldi. Yani, salkam o'n daqiqa o'yin to'xtab qoldi. Qanot hakami gol bo'ldi dedi, bosh hakam unga qo'shilmadi va oxiri xatosini tan olib golni hisobladi.

Futbolchilarimiz endi o'yinga kirishay deb turgan bir paytda yuzaga kelgan to'xtalish futbolchilarni o'yindan biroz bo'lsa-da sovutib qo'ydi. Bu esa o'z tasirini ko'rsatmasdan qolmadi. Boshlang'ich tarkib borasida nima deyish mumkin? Tarkibni har doim bosh murabbiy aniqlaydi va hech kim Vadim Abramovning ishiga aralashmaydi. Qolaversa, “Lokomotiv”da asosiy tarkib, zaxira o'yinchilari degan tushuncha yo'q. Bu erda hamma o'zini asosiy tarkib futbolchisi deb his qiladi. O'rinbosarlar tarkibi esa boshqa masala.

Kechagi o'yinda qizil formada maydonga kim tushmasin, faqat g'alabani ko'zlab harakat qildi. Maydonga tusha olmaganlar maydonda to'p tepayotganlarga dalda bo'lishdi. Ammo omadimiz kelmadi, yo'qsa albatta g'alaba qozongan bo'lardik. Kechagi durang uchun “Lokomotiv” ishqibozlaridan uzr so'raymiz. Mana shu durang tufayli birinchi davrada ketayotgan “Paxtakor” bizdan to'rt ochkoga o'zib ketdi. CHunki “Paxtakor” safarda “Olmaliq”ni mag'lub etdi.

To'g'ri, hamon ikkinchi o'rindamiz, lekin buyog'iga yanada qiyin bo'ladi. “Lokomotiv”dan qolgan barcha uchrashuvlarda faqat g'alaba qozonish talab etiladi. CHunki “Nasaf” bilan “Bunyodkor” bizni izma-iz taqib etib kelishda davom etmoqda. Jamoamizning bu yil o'z oldiga qo'ygan maqsadi aniq: CHempion bo'lish! Va buning uchun “temiryo'lchilar” bor kuchni ishga solishadi. Futbolchilarimizning mavsumni birinchi o'rinda yakunlashlari uchun oxirigacha kura olib borishiga ishonamiz. Nasib qilsa, chempionat yakunida chempionlik sovrini albatta Bizga topshiriladi.

“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика