“Lokomotiv M” forvardi “Lion” qarorgohida tibbiy ko'rikdan o'tolmadi va kelishuv barbod bo'ldi
31 jan 2023 09:20
Yangiliklar
“Lokomotiv M” forvardi “Lion” qarorgohida tibbiy ko'rikdan o'tolmadi va kelishuv barbod bo'ldi
“Lokomotiv” hujumchisi Vilson Izidor ijara asosida “Lion”ga o'tishi kerak edi.
Biroq, futbolchi tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi. Aniqrog'i, u 2 hafta oldin tizzasidan jarohat olgandi va bu kelishuv barbod bo'lishiga sabab bo'lgani aytilmoqda.
“Lion” o'z bayonotida, kelajakda 22 yoshli francuz variantiga yana qaytishi mumkinligi haqida xabar bergan.
Eslatib o'tamiz, Izidor joriy mavsum RPLda 13 bahsda qatnashib, ikkita gol urdi.
Fikrlar