So’nggi yangiliklar

15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  10 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  4 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  2 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2

"Lokomotiv" kundaligi: Abu Dabidagi uchinchi kun. Ertalab nazariy, kechki payt amaliy Yangiliklar

"Lokomotiv" kundaligi: Abu Dabidagi uchinchi kun. Ertalab nazariy, kechki payt amaliy

"Loko"ning BAA poyxati Abu Dabiga kelganiga uch kun bo'ldi.

Kecha ikki mahal maydonda shug'ullangan "temiryo'lchilar"ning bugungi ish tartibi biroz boshqacha kechdi. 

Futbolchilar dastlab tushgacha nazariy mashg'ulotda ishtirok etishdi. Bunda jamoa bosh murabbiyi futbolchilarning mashg'ulotdagi harakatlarini videoyozuv orqali ko'rsatib berdi. Xatolar aytildi va ularni to'g'rilash yo'llari ko'rsatildi. SHuni aytish lozim, himoyalanuvchilar va hujum qiluvchilar uchun ikkita alohida nazariy dars tashkil etildi.


Kechki payt jamoa azolari dastlab trenajyor zalida shug'ullanib, so'ngra maydonga chiqishdi. Maydondagi mashqlar to'p bilan ishlash va taktik to'g'ri o'ynashga qaratildi. "Loko" ertaga ikki mahal maydonda shug'ullanadi. Murabbiylarning aytishicha, ertangi mashg'ulot birmuncha qiyin bo'ladi.


Abu Dabida yig'in o'tkazayotgan "Lokomotiv" tarkibida uch nafar darvozabon shug'ullanyapti. Bular - Ignatiy Nesterov, Javohir Ilyosov va Rustam Nartajiev. 

Aytish mumkinki, tajribali darvozabonlar murabbiyi Pyotr Gizimchuk qo'l ostida har uchala darvozabon ham astoydil mehnat qilmoqda. Mashg'ulotlar davomida mahoratli Nesterov o'z tajribasini yoshlar bilan bo'lishmoqda.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика