So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

"Lokomotiv" kundaligi: Abu Dabidagi sakkizinchi kun. O'yin oldidan mashg'ulot Yangiliklar

"Lokomotiv" kundaligi: Abu Dabidagi sakkizinchi kun. O'yin oldidan mashg'ulot

"Lokomotiv" yangi mavsumning dastlabki xorij yig'inini o'tkazish uchun 3 yanvar kuni Toshkentdan BAA tomon yo'l olgandi.

Bugun jamoaning Abu Dabiga kelganiga roppa-rosa bir hafta bo'ldi. "Temiryo'lchilar"ning bugungi mashg'uloti bir mahal kechdi. Sababi jamoani ertaga dastlabki o'rtoqlik uchrashuvi kutyapti, shu bois kunduzgi mashg'ulot maydonda bo'ldi, kechki payt esa murabbiylar futbol nazariyasi bo'yicha saboq o'tishdi. 

Bugungi mashg'ulot ertangi o'yin oldidan atayin o'yinoldi mashg'ulot sifatida o'tdi deb bo'lmaydi. CHunki "Loko"ning asosiy maqsadi o'rtoqlik o'yinlari emas, balki 21 yanvar kuni Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionlar ligasi pley-off uchrashuvi. 

Ertangi nazorat bahsi SHotlandiyaning eng nomdor klublaridan biri "Glazgo Reynjers"ga qarshi kechadi. Dubaydagi "Sevens" stadionida tashkil etiladigan uchrashuv mahalliy vaqt bilan 15:00 (Toshkent vaqti 16:00)da start oladi. O'ylaymizki, mazkur bellashuv jamoamiz uchun har tomonlama foydali bo'ladi, har holda "Reynjers" Evropada o'ziga yarasha tarix yozgan klublardan biri hisoblanadi.

Bugungi mashg'ulot ham o'ziga yarasha qizg'in kechdi. Barcha tinim bilmay mehnat qilyapti va mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rishga harakat qilmoqda. Ertaga jamoa 11:45da "Marriott" mehmonxonasidan Dubay sari yo'lga chiqadi. O'yindan keyin kechqurun navbatdagi kundalikni taqdim etamiz. 

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика