“Lokomotiv” klubi yangi futbolchilarini bank ofisida tanishtiradi
11 iyu 2018 13:28
Yangiliklar
“Lokomotiv” klubi yangi futbolchilarini bank ofisida tanishtiradi
Ertaga “Lokomotiv” davralar oralig'ida jamoaga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazadi.
Taqdimot marosimi OFB-Orient Finans Bank bosh ofisining konferenciyalar zalida bo'lib o'tadi. Uning boshlanish vaqti – 11:00.
Yangi o'yinchilarning tanishtiruv marosimiga barcha turdagi OAV vakillarini taklif etiladi.
Manzil: M. Ulug'bek tumani, Osiyo ko'chasi 5-uy (Orient Finans Bank bosh ofisi)
Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" klubi yozda o'z safiga Anzur Ismoilov, Temurxo'ja Abduxoliqov va Nikolay Pogrebnyak kabi futbolchilarni qo'shib oldi.
Fikrlar