"Lokomotiv" kecha bir mahal shug'ullandi, bugun o'rtoqlik uchrashuvi bor
31 jan 2021 11:21
Yangiliklar


"Lokomotiv" kecha bir mahal shug'ullandi, bugun o'rtoqlik uchrashuvi bor
28 yanvardan Turkiyaning Side shahrida qishki o'quv-yig'in olib borayotgan "Lokomotiv" mashg'ulotlarga zo'r bermoqda.
Kecha "temiryo'lchilar" maydonda bir mahal shug'ullanishdi. Sababi jamoa bugun dastlabki o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib - Ukrainaning "Desna" klubi.
Raqib haqida malumot bersak, "Desna" Ukraina oliy ligasida to'p suradi va birinchi davradan so'ng chempionatda 3-o'rinda boryapti. Peshqadam "Dinamo Kiev" 30 ochko to'plagan, 2-o'rindagi "SHaxtyor" hisobida 29 ochko mavjud bo'lib, "Desna" 13 tur yakunlariga ko'ra 23 ochko to'plagan.
Bugungi bellashuv mahalliy vaqt bilan 16:00 (Toshkent vaqti bilan 18:00)da start oladi.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar