“Lokomotiv” “Istiqlol” bilan uchrashuvga hozirlik ko'rmoqda (+Foto)
10 mar 2017 19:09
Yangiliklar


“Lokomotiv” “Istiqlol” bilan uchrashuvga hozirlik ko'rmoqda (+Foto)
“Temiryo'lchilar” ayni damda mazkur o'yinga qizg'in hozirlik olib borishmoqda. Bugun “Loko” futbolchilari “Lokomotiv” stadionida mashg'ulot o'tkazishdi. Biroz oldin yakuniga etgan mashg'ulot jarayoni ancha qiziqarli va ko'tarinki ruhda o'tdi. Jamoamiz azolari dastavval engil yugurib olishdi. Keyin Mirko Yelichich boshchiligida chigalyozdi mashqlari amalga oshirildi. So'ng barcha to'p bilan muomala mashqlarini bajarishga o'tdi.
Umuman olganda bugungi mashg'ulot jarayonida murabbiylar shtabi asosan oldindagi masuliyatli uchrashuvda foydalaniladigan taktikani amalda qo'llash borasida ish olib borishdi.
Takidlash joiz, “Lokomotiv” jamoasi 12 martga qadar o'z qarorgohida mashg'ulot olib boradi va so'ngra Tehronga yo'l oladi. “Istiqlol” – “Lokomotiv” uchrashuvi 13 mart kuni soat 20:30da bo'lib o'tadi.
Quyida bugungi mashg'ulot jarayonidan olingan “qaynoq” fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin:
O’xshash yangiliklar

Fikrlar