"Lokomotiv" hujumchisi klubdan ketishga yaqin
22 iyu 2019 13:51
Yangiliklar
"Lokomotiv" hujumchisi klubdan ketishga yaqin
Toshkentning "Lokomotiv" klubi hujumchisi Filip Rayevac jamoani tark etishi deyarli aniq.
Yil boshida jamoaga qo'shib olingan serbiyalik futbolchi bu mavsum Superligada 9ta o'yinda maydonga tushdi va umuman gol ura olmadi. Osiyo chempionlar ligasida 4ta uchrashuvda ishtirok etdi va bitta gol urishga erishdi.
Hujumchi Superliganing oxirgi ikki turida xatto qaydnomaga ham kiritilgani yo'q. Uning "Lokomotiv" safidagi so'nggi uchrashuvi 1 iyun kuni O'zbekiston Liga Kubogi doirasida "Buxoro"ga qarshi bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Rayevac 2017 yil "Qo'qon-1912" safida 28ta o'yinda 7ta, 2018 yil "Bunyodkor" tarkibida 27ta uchrashuvda 7ta to'p kiritgan edi.
O’xshash yangiliklar
13:16
Bosh hakamni ayovsiz tanqid qilgan "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati jarimaga tortiladigan bo'ldi 4
Fikrlar