"Lokomotiv" himoyachisi Hindiston chempionatiga yo'l olishi mumkin
29 apr 2020 13:46
Yangiliklar


"Lokomotiv" himoyachisi Hindiston chempionatiga yo'l olishi mumkin
"Lokomotiv"ning chernogoriyalik markaziy himoyachisi Slavko Damyanovich yozda Hindiston chempionatiga yo'l olishi mumkin.
Olgan malumotlarimizga ko'ra, futbolchiga Hindistonning "Nortist Yunayted" jamoasi tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Bu haqda mahalliy OAV malumot tarqatgan. Qayd etish kerak, 2014 yili tashkil topgan klub ayni damda mashhur hind rejissyori Jon Abraham tomonidan moliyalashtirilmoqda. Hindiston Superligasi turnir jadvalida "Nortist Yunayted" jamoasi 18 o'yinda 14 ochko to'plagan holda 10 jamoa orasida 9-o'rinni egallab turibdi.
Oldinroq Damyanovichning agenti futbolchi "Lokomotiv"da hali maosh olmaganini saytimizga aytib o'tgandi.
Futbol agenti: "Lokomotiv" Slavko Damyanovichga bu yil umuman oylik bergani yo'q"
27 yoshli himoyachi ushbu mavsumda "Lokomotiv"ning barcha o'yinlarini to'liq maydonda o'tkazmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar