“Lokomotiv” futbolchilari Yangi Yil bayrami munosabati bilan qisqa tatilga chiqishdi
30 dek 2016 15:44
Yangiliklar
“Lokomotiv” futbolchilari Yangi Yil bayrami munosabati bilan qisqa tatilga chiqishdi
2016 yilgi O'zbekiston chempioni va O'zbekiston kubogi sohibi – Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi yangi mavsum taraddudini 21 dekabrdan boshlagan edi.
“Temiryo'lchilar”ning ilk mavsumoldi yig'ini o'z nihoyasiga etdi.
Takidlash joiz, ilk yig'in doirasida “Lokomotiv” futbolchilari bir bora o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. “Olmaliq” klubiga qarshi kechgan bellashuvda “Loko” azolari 3:1 hisobida g'alabaga erishishdi.
Endilikda “Lokomotiv” futbolchilariga Yangi Yil bayrami munosabati bilan qisqa tatil berildi. Jamoa 3 yanvar sanasidan yana poytaxtimizda yig'iladi va 7 yanvarga qadar Toshkentda shug'ullanadi. So'ng “Temiryo'lchilar” jamoasi ilk xorij yig'inini o'tkazish uchun BAAning Dubay shahriga yo'l oladi.
Fikrlar