So’nggi yangiliklar

13:03Таҳлил. Ўзбекистон терма жамоасида "перезагрузка": Каннаваро нимани ўзгартирмоқчи?  1 12:40Лапорта: "Агар Худо бор бўлса, у "Барса" томонида"  6 12:13"Галатасарой" Салоҳ билан шартнома имзолашни режалаштирмоқда  1 11:50Уругвай дарвозабони Ўзбекистонга қарши ўйинда қайси вазият қийинчилик тўғдирганини айтди  2 11:28Юрген Клопп Вирцни ҳимоя қилиб чиқди  1 10:50"Барселона" асосий футболчиси билан янги шартнома имзолайди. Товон пули 500 миллион евро!  2 10:23ЖЧ-2026 саралаш. Бугун Осиёда иккита даҳшат ўйин бор  16 10:01Юрген Клопп: "У - 100 йилда бир марта пайдо бўладиган истеъдод"   1 09:18U-20 терма жамоамиз Қозоғистонга қарши майдонга тушади  0 08:51Бугун ўсмирларимиз яна бир бор Туркияга қарши баҳс олиб боради  3 08:26ЖЧ-2026 саралаш. Бельгия, Украина, Германияда ғалаба, Францияда эса... + қолган натижалар  0 07:58"Жуда меҳнаткаш, интизомли ва барқарор жамоа" — Бьелса Ўзбекистон терма жамоаси ҳақида  6 07:30Sofascore. Уругвайга қарши баҳсда йигитларимиз неча баҳо олишди?  15 00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  9 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  24

Farhod Bekmurotov: "Andijon" yaratgan tarixni hech kim o'chirolmaydi" Yangiliklar

Farhod Bekmurotov: "Andijon" yaratgan tarixni hech kim o'chirolmaydi"

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Pro ligaga tushib ketgan "Lokomotiv" tarkibini yangi va sobiq futbolchilari bilan kuchaytirmoqda.

2018 yil qisqa vaqt jamoada to'p tepgan Farhod Bekmurotov "temiro'ylchilar" safiga qaytdi. "Andijon" bilan shartnomasi yakunlangan yarim himoyachi faoliyatini poytaxt bilan bog'laydi. Biz Bekmurotov bilan bog'lanib fikrlarini tingladik. 

- OCHLda ishtirok etadigan "Andijon"ni Pro ligaga tushib ketgan "Lokomotiv"ga almashtirish qanday bo'ldi?

- To'g'ri aytdingiz. "Andijon" bilan OCHLda o'ynashni juda istagan edim, chunki avvaldan xalqaro maydonda o'ynaydigan klublarimizga havas ko'zi bilan qaraganman. Lekin nasib qilmasa qiyin ekan. "Lokomotiv" esa qiziqarli taklif bilan chiqdi. Yakunda ularning chorloviga rozilik berdim. Bor gap shu. 

- SHartnomangiz yakunlangandi va bundan kelib chiqyaptiki "Andijon" tomoni sizni o'zida olib qolishni istamagan?

- Klubdan hech qanday taklif bo'lgani yo'q. SHuning uchun boshqa variantlarni ko'rib chiqishga to'g'ri keldi. Yuqorida aytganimdek "Lokomotiv" tanlovi har tomonlama maqul keldi. 

- "Temiryo'lchilar" libosini kiyish siz uchun begona holat hisoblanmaydi. Avvalgisida yosh va tajribasiz bo'lgansiz...

- 2018 yil bir davra o'ynaganman. U vaqtda tarkib juda kuchli, chempionlikni hech kimga bermayotgan paytlar. Bekorga ketma-ket 3 yil birinchi o'rinda yurmagan. "Andijon" bilan Pro ligada uchinchi o'rinni olganimizdan so'ng Andrey Fyodorov kuchli klubda o'zimni sinab ko'rishimni aytgan. Raqobat kuchli edi. O'sha mavsum baribir ikkinchi davrada "Andijon"ga qaytib Pro liga chempioni bo'lganman. 



- 2024 yil faoliyatingizda yangi sahifa ochdimi? 

- SHubhasiz eng zo'r mavsumimni o'tkazdim. Kubokda tasodifan g'olib chiqib qolganimiz yo'q. Guruh bosqichida yaxshi jamoalarni chiqarib yubordik. Xudoning qudrati va o'zimizning mehnatimiz evaziga erishdik. Guruhdan keyin faqat kubokka ega chiqishni o'ylaganmiz. Yutqazib qo'ysakchi degan fikr o'tgani ham yo'q. SHunchalik ishonchimiz kuchli edi. Niyatimiz xolis ekan. Endi "Andijon" yaratgan tarixni hech kim o'chira olmaydi. 

- "Lokomotiv" bilan yangi mavsumga tayyorgarlik haqida...

- O'zimiz qatnashadigan barcha musobaqalarda chempionlikni maqsad qilganmiz. "Lokomotiv"ni o'z o'rniga qaytarishimiz kerak. Bu jamoaning o'rni Superligada. Fursatdan foydalanib butun "Andijon" xalqiga, Nodir aka To'ychiev etakchiligidagi muxlislarga, klubimiz, viloyatimiz rahbarlariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. OCHLda omad yor bo'lsin. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика