

Barcha tekshiruvlar chuqurlashtirilgan tartibda olib borildi. Lokomotivni ushbu mavsumda ham bir qator mas'uliyatli uchrashuvlar kutib turibdi. Shu bois jamoaning tayyorgarligi ham jiddiy tarzda kechmoqda.
Temiryo'lchilar bugun tushdan so'ng klub qarorgohida to'planib, Lokomotiv stadionida mashg'ulot o'tkazishadi. Toshkentdagi mashg'ulotlar 7 yanvarga qadar davom etadi. 8 yanvar kuni esa jamoamiz ilk xorij o'quv-yig'inini o'tkazish maqsadida Dubayga yo'l oladi.









