"Lokomotiv" futbolchilari "Metallurg" hamda "Navbahor"ga o'tdi
22 iyu 2021 15:04
Yangiliklar
"Lokomotiv" futbolchilari "Metallurg" hamda "Navbahor"ga o'tdi
"Lokomotiv" matbuot xizmati Farruh Ibrohimov hamda Ibrohim G'anixonovning jamoadan ketganini malum qildi.
Unga ko'ra, 25 yoshli himoyachi Farruh Ibrohimov "Metallurg"ga o'tgan bo'lsa, 21 yoshli hujumchi Ibrohim G'anixonov faoliyatini "Navbahor"da davom ettiradi.
Ibrohimov "Lokomotiv" tarkibida Superliga bahslarida 18 uchrashuvda qatnashib, bir bora raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, G'anixonov 21 o'yinda ishtirok etib, bir marta gol urishga erishgan.
Fikrlar