"Lokomotiv" "Fizruk" teleserialini ijodkorlari ustidan arz qildi
29 noy 2014 01:55
Yangiliklar

"Lokomotiv" "Fizruk" teleserialini ijodkorlari ustidan arz qildi
Moskvaning "Lokomotiv" klubi rasmiy saytida TNT telekanali orqali efirga chiqayotgan "Fizruk" teleserialidagi bir sahna ustidan arz qilingani haqida xabar qo'yildi.
"Lokomotiv" klubi vakillari "Fizruk" teleserialida ketgan bir sahna bo'yicha serial ijodkorlari butun Rossiya futboli jamoatchiligi oldida rasman uzr so'rab o'tishlarini talab qilishgan.
26 noyabr kuni efirga ketgan serialning bir sahnasida "Rostov" jamoasi muxlislari "Lokomotiv" klubi bayroqlarini yondirishadi va ularni haqorat qilishadi. Ushbu holat esa "Lokomotiv" klubining nazaridan chetda qolmagan va ular TNT telekanaliga ariza yozishgan. "Lokomotiv" vakillari TNT telekanalidan ushbu sahnani o'chirib tashlab, rasman uzr so'rashlarini kerakligini takidlashgan.
"Fizruk" teleserialidagi bosh qahramon Oleg Evgenevich Fomin (Fama) rolini taniqli aktyor Dmitriy Nagiev ijro etgan.

Fikrlar