So’nggi yangiliklar

15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  1 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  4 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  6 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  18 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  3

"Lokomotiv": Dubaydagi ilk nazorat uchrashuvimizda durang qayd etildi Yangiliklar

"Lokomotiv": Dubaydagi ilk nazorat uchrashuvimizda durang qayd etildi

"Lokomotiv" bugun BAAdagi yig'ini doirasida ilk nazorat uchrashuvini "Dubay" SK jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Uchrashuv to'laligicha "Lokomotiv" ustunligi ostida o'tkanini qayd etish mumkin. To'p nazorati va hujumlar soni bo'yicha, shuningdek, darvoza tomon yo'llangan xavfli zarbalar bo'yicha ham "temiryo'lchilar" raqibni ortda qoldira oldi. Faqatgina yaratilagn ko'plab yaxshi imkoiyatlarni golga aylantirishda omad Abramov jamoasidan yuz o'girdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi avvalida yaxshi hujum tashkil etilib, uni Oleg Zoteev aniq zarbasi bilan yakunlagan va hisoni ochgan edi. Biroq keyingi hujumlar intixosi bcnday bo'lmadi.

Birinchi bo'limda maydonda eng faol harakat qilgan futbolchilar deya Sanjar SHoahmedov, braziliyalik futbolchi Bruno da Silva va Oleg Zoteevlarni ko'rsatish mumkin. Ikkinchi bo'limda harakat qilgan tarkib ham o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi. Hujum chizig'ida harakat qilgan Alisher SHog'ulomov, Ivan Nagaev, Aleksandr Geynrixda hisobdagi farqni yiriklashtirishi mumkin edi. Yaxshi vaziyatlar yaratib, darvozaga xavf solib turishdi. Ammo to'p darvozadan o'rin olmadi.

Raqib esa o'z vaziyatidan unumli foydalanib, uchrashuv asosiy vaqti tugashiga bir daqiqa qolganida hisobni tenglashtirdi.

SHu o'rinda ikkinchi bo'limda maydonga tushgan yana bir braziliyadik futbolchi - Danubioning ham o'yini ancha mazmunli bo'lganini aytib o'tish kerak. U ham darvoza tomon uzoq masofalardan xavfli zarbalar yo'llab turdi. SHuningdek jamoadoshlarini to'p bilan taminlash boraiida ham yaxshi harakat qildi.

Nazorat uchrashuvida maydonga tushgan yoshlar - Xurshid Muxtorov, Ikrom Aliboev, Sarvar karimovlar ham ko'ngildegidek harakat qilishdi.

Birinchi bo'limdagi tarkib: S. Qobuljonov, S. Mustafoev, S. Raxmonov, I. Golban, A. Kalayjan, D. Raxmatullaev, S.Mirzaev, S. SHoahmedov, O. Zoteev, B. Da Silva, M. Bikmaev

Ikkinchi bo'limdagi tarkib: S. Karimov, B. Yo'ldoshev, S. Juraev, X. Muxtorov, K. Abramov, I. Aliboev, S. Mirzaev, A. Geynrix, Danubio, A. SHog'ulomov, I. Nagaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика