So’nggi yangiliklar

23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:38"Леванте" — "Барселона". Таркиблар маълум  3 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  6 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:47"Атлетико" — "Эльче". Таркиблар маълум  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0 21:10"Арсенал" Эзени "Кристал Пэлас"дан 60+7,5 млн фунтга сотиб олди  1 20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  1 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  40 19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  64

"Lokomotiv" - "Al Sadd". Bosh hakam haqida Yangiliklar

"Lokomotiv" - "Al Sadd". Bosh hakam haqida

OCHL 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Sadd" uchrashuvini koreyalik Kim Dong Jin boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.
1973 yilda tug'ilgan Kim Dong Jin jamoalarimiz ishtirokidagi 10ta o'yinda ishlagan. 6tasida vakillarimiz g'alaba qozonishgan, bir uchrashuvda durang qayd etilgan va bir marta mag'lub bo'lishgan.

Kim Dong Jin boshqargan o'yinlarni eslab o'tamiz: JCH-2010 saralashi doirasidagi Singapurga qarshi Toshkentdagi o'yinda terma jamoamiz 1:0 hisobida zafar quchgandi. 2012 yilgi Olimpiada saralashida Toshkentda Iroq olimpiyachilari 2:0 hisobida taslim qilingan.

OCHL-2009 guruh bosqichida "Paxtakor" Saudiya Arabistonida "Al Hilol" mehmoni bo'lgan va 0:2 hisobida yutqazib qo'ygan. CHorak finalda "Al Ittihod"ga imkoniyat boy berilgan - 0:4.

OCHL-2008 guruh bosqichida "Bunyodkor" Suriyada "Al Ittihod" mehmoni bo'lib 2:0 hisobida zafar quchgan. 2009 yilgi OCHLda "Bunyodkor" 1/8 finalda "Persepolis"ni Eronda 1:0 hisobida taslim qilgan. Keyingi yil guruh bosqichida "qaldirg'ochlar" Toshkentda BAAning "Al Vahda" klubini 4:1 hisobida mag'lub etishgan. Nihoyat o'tgan yil "Bunyodkor" Saudiya Arabistonida "Al Fath" bilan durang o'ynagan - 0:0. SHu yil OCHL 3-turida “Bunyodkor” Eronning “Persepolis” klubini qabul qildi. O'sha o'yinda forslar 1:0 hisobida muvaffaqiyat qozonishdi.

Aynan shu hakam 2011 yilgi OFK kubogi finalida ishlagan. Qarshida o'tgan bahsda "Nasaf" "Quvayt SK"ni 2:1 hisobida mag'lub etgani barchaning yodida.

OCHL. 4-tur. "C" guruhi
“LOKOMOTIV” – “AL SADD”
8 aprel 2015. Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 16:00
Bosh hakam
: Kim Dong Jin (J.Koreya)
Qanot hakami 1: CHoy Min Byong  (J.Koreya)
Qanot hakami 2: Bang Gi Yol (J.Koreya)
Zaxira hakami: Sivakorn Pu-Udom (Tailand)
Hakamlar eksperti: Abdulrahmon Al Zayed (S.Arabistoni)
Uchrashuv komissari: Dr. Tu Ksiliang (Xitoy)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика