"Lokomotiv": "Al Sadd" bilan o'yin ortda qoldi, "Bunyodkor"ga tayyorgarlik boshlandi
09 apr 2015 16:29
Yangiliklar

"Lokomotiv": "Al Sadd" bilan o'yin ortda qoldi, "Bunyodkor"ga tayyorgarlik boshlandi
Toshkent, 9 aprel - Kecha "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasining 4-turida "Al Sadd"ga qarshi maydonga tushib, yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng "temiryo'lchilar" to'rt ochko bilan uchinchi o'ringa ko'tarilib olishdi. Endi jamoamiz 21 aprel kuni "Al Hilol" bilan kuch sinashadi.
Ungacha esa oliy ligada tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Xususan oldinda bizni "Bunyodkor"ga qarshi kechadigan bahs kutib turibdi. Oliy liganing 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" bellashuvi 13 aprelda (dushanba) bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti - 16:00. Bir kun oldin o'tkaziladigan yoshlar ligasi bahsi TTYMI stadionida tashkil etiladi. O'rinbosarlar uchrashuvi soat 15:00da start oladi.
"Lokomotiv" o'rinbosarlari allaqachon bo'lajak o'yinga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Asosiy tarkib esa ertaga yig'iladi va yana mashg'ulotlarga kirishadi. Toshkent derbisi nomini olgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" bahsini FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqaradi. Unga qanotlarda Jahongir Saidov bilan Abdulhamid Rasulov yordam berishadi.

Fikrlar