So’nggi yangiliklar

21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  0 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  13 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  6 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  14 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  6 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  1

OCHL. "Lokomotiv" - "Al Ittihod" o'yiniga oid malumotlar Yangiliklar

OCHL. "Lokomotiv" - "Al Ittihod" o'yiniga oid malumotlar

Bugun Osiyo chempionlar ligasi 4-tur doirasida "Lokomotiv" - "Al Ittihod" bahsi bo'lib o'tadi.

TTZ dahasidagi "Lokomotiv" stadionida bo'ladigan bahs soat 18:00da boshlanadi. Quyida mazkur o'yinga doir bazi malumotlarni keltirib o'tamiz. 

"Lokomotiv" OCHLdagi uchta o'yindan ikkitasida imkoniyatni boy berdi. Umuman olganda, "Loko" oxirgi 8ta uchrashuvdan beshtasida mag'lubiyatga uchragan. 

- "Lokomotiv" Jidda shahrida bo'lib o'tgan birinchi uchrashuvda 2ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bu esa jamoa qatorasiga 7ta o'yinda raqib darvozasiga to'p kiritganini bildiradi. 

- "Lokomotiv" Saudiya Arabistoni klublariga qarshi jami 9 marta maydonga tushib, shundan faqat bittasida g'alaba qozongan. Yagona g'alaba 2016 yil musobaqaning 1/8 final bosqichida "Al Hilol"ga qarshi bahsda (2:1) qo'lga kiritilgan.

- "Lokomotiv" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov o'tgan turda rekord o'rnatdi. U zaxiradan tushib gol urish bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etdi. Iskanderov maydonga tushganidan so'ng 1 daqiqa, 6 soniya o'tib gol urdi. 

- "Lokomotiv" ichki chempionatning oxirgi turida "Buxoro" mehmoni bo'lib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Arslonmurod Amanov bilan Temurxo'ja Abduxoliqov tomonidan kiritilgan gollar "temiryo'lchilar"ga navbatdagi 3 ochkoni taqdim etdi.


- "Al Ittihod" hozircha OCHL guruh bosqichida 9ta gol urdi va bu borada qolgan jamoalar orasida eng yaxshi ko'rsatkich qayd etib turibdi. 

"Al Ittihod" shu paytgacha O'zbekiston klublariga qarshi 15 marta bahs olib borgan va faqat ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchragan. Jiddaliklar qatorasiga 8 o'yindan beri yutqazishmayapti.

- Bu "Al Ittihod"ning Toshkentda "Loko"ga qarshi ikkinchi o'yini bo'ladi. Birinchisi 2016 yil o'tkazilgan bo'lib, 1:1 hisobi qayd etilgan. Uchrashuvda dastlab Gelmin Rivas hisobni ochgan va 89-daqiqada Sardor Mirzaev vaziyatni tenglashtirgandi.

- "Al Ittihod" o'z tarixida ikki marta (2004 va 2015) Osiyo chempionlar ligasida g'olib chiqqan. Bu jamoa so'nggi bor 2014 yil guruhdan chiqishni uddalagan. 

- "Al Ittihod" ichki chempionatda oxirgi o'yinini o'z maydonida "Al Ittifoq"qa qarshi o'tkazib 2:0 hisobida zafar quchdi. Bu jamoa turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика