So’nggi yangiliklar

16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  0 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  0 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1

OCHL. Muhammadievning jarohati "Loko"ga qimmatga tushdi yoxud "Loko" yana yutqazdi Yangiliklar

OCHL. Muhammadievning jarohati "Loko"ga qimmatga tushdi yoxud "Loko" yana yutqazdi

Osiyo chempionlar ligasining 4-tur doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Duhail" uchrashuvidan reportajni taqdim etamiz.

                                YANGILASH


- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Osiyo chempionlar ligasi doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Duhail" o'rtasidagi uchrashuvning matnli onlayn translyaciyasini etiboringizga havola qilamiz.

16:30. Jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashqlarini bajarishmoqda.

16:38. Mirko Elichich bugungi o'yinga jamoaning doimgi 4-2-3-1 taktik sxemasida o'ynatadi.

16:40. "Lokomotiv" jamoasi chigalyozdi mashqlarni tugatdi va kiyinish xonasiga yo'l oldi.

16:42. "Al Duhail" jamoasi vakillari ham kiyinish xonasi tomon yo'l olishdi. Sanoqli daqiqalardan keyin o'yinga start beriladi.

16:45. Ko'pchilik boshlang'ich tarkibda kutgan Nivaldo o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlaydi. Ko'rinishidan braziliyalik hujumchining jarohati hali to'liq tuzalmagan ko'rinadi.

16:50. Stadionga muxlislar tashrifi davom etmoqda.

16:55. Jamoalar OCHL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.

UCHRASHUV BOSHLANDI! OLG'A "LOKOMOTIV"!

4. Har ikkala jamoa o'yini hujumkor ruhda boshlashdi. To'p nazorati hozircha "temiryo'lchilar" tarafida.

6. "Lokomotiv"da xavfli vaziyat yuzaga keldi. Sardor Rashidov o'z qanotidan bir himoyachini aldab o'tib darvozaga zarba yo'lladi. Ammo bu vaziyatda raqib posboni ishonchli harakat qildi.

10. "Lokomotiv"ning xavfli tus olayotgan hujumi o'yindan tashqari holat tufayli uzilib qoldi.

12. "Al Duhail" ketma-ket ikki bor xavfli hujum uyushtirdi. "Loko" esa o'yin tizginini o'z qo'liga olishga urinmoqda.

15. "Lokomotiv" burchak zarbasini amalga oshirdi. Ammo bundan naf chiqmadi. "Al Duhail" esa tezkor qarshi hujumga o'tdi. Maxaradzening to'g'ri pozicion o'yini evaziga ushbu xavfli vaziyat bartaraf etildi. "Al Duhail"ning har bir oldinga o'tishi "Loko" darvozasi oldida xavf solmoqda.

18. Ignatiy Nesterovdan ajoyib seyv! "Al Duhail" futbolchisining boshi bilan bergan zarbasini Nesterov katta mahorat ko'rsatib qaytarib yubordi. Qoyil Ignatiy!

21. Raqib futbolchisi Muhammad Musa Sardor Mirzaevga nisbatan qo'pol harakati uchun ogohlantirildi.

23. "Lokomotiv" markazni qo'lga olmaguncha o'yinni tartibga keltirishga qiynaladi. Hozircha tashabbus mehmonlar tarafida. "Lokomotiv" pozicion hujumga o'tishga ham qiynalmoqda.

24. Sardor Rashidovdan chalqancha uslubidagi zarba! CHiroyli, ammo noaniq.

27. "Lokomotiv" nihoyat raqibga bosim uyushtirishga intilmoqda. Ketma-ket hujumlar tashkil etildi. Ammo hujumlar yakuniga etmay qolmoqda.

31. Kaxi Maxaradzening qo'pol xatosidan so'ng raqib tezkorlik bilan hujumga o'tib ketdi. Nam Tae Xi ikki futbolchini aldab o'tib, to'pni sherigiga uzatayotganda "Loko" himoyachilari o'z hududlariga qaytishdi va xavfni bartaraf etishdi.

35. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! SARDOR RASHIDOV! SHoahmedov-Muhammadiev-Rashidov uchligi ishtirok etgan hujumni SHuhrat Muhammadievning ajoyib pasidan so'ng Sardor Rashidov bu hujumga chiroyli nuqta qo'ydi - 1:0.

40. "Lokomotiv" uyg'ondi! Ketma-ket hujumlar yomg'iri boshlandi. Avvaliga SHoahmedov qulay vaziyatda to'pni darvozaga yo'llay olmadi, keyingi hujumda Aliboev o'zining kuchli zarbasi ishga soldi. Raqib darvozaboni to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Keyingi vaziyatda esa Marat Bikmaevning ajoyib zarbasidan so'ng raqib posboni yana ishga kirishdi va to'pni qaytarib yubordi. Qaytgan to'pni esa Islom To'xtaxo'jaev bo'sh qolgan darvozaga yo'llay olmadi! Ehhh...

45. "Lokomotiv" tanaffusga tablodagi hisobni bemalol 2:0 yoki 3:0 qilgan holda chiqib ketishi mumkin edi. Ammo yaratilgan bir qator xavfli vaziyatlar ko'kka sovurildi. Marat Bikmaev yaqin masofadan darvoza to'rini poylay olmadi.

Birinchi taym tugadi. Tanaffus!

Birinchi taym statistikasi

46. Ikkinchi taym boshlandi!

47. Raqib jamoa safida zaxiradan Ismoil Mohamad maydonga chiqdi. "Al Duhail" ikkinchi bo'limda hujumga katta etibor qaratmoqchi.

51. "Lokomotiv" burchak zarbasini amalga oshirdi. Ammo bundan naf chiqmadi.

54. "Lokomotiv" hozircha "Al Duhail"ga hujum qilish imkoniyatini bermayapti. Bundan esa raqib jamoa bosh murabbiyi g'azabda. "Lokomotiv" futbolchilari ikkinchi bo'limning startida pozicion jihatdan ancha tartibli o'ynashmoqda.

58. "Loko" himoyaga etibor qaratgan holda ancha ehtiyotkorlik bilan o'ynamoqda.

61. "Al Duhail" borgan sari raqibga nisbatan bosimni oshirmoqda.

63. Nam Tae Xining jarima zarbasidan tepgan to'pini Nesterov ajoyib seyvi orqali bartaraf etib qoldi.

66. Sardor Rashidov o'rniga Nivaldo maydonga tushmoqda.

68. "Al Duhail"da o'zgarish: Musa o'rniga Murad Naji maydonga tushdi.

73. Msakni katta tezlikda jarima maydonchasiga kirib borayotganda Maxaradze unga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Natijada Kaxi ogohlantirildi va xavfli nuqtadan jarima zarbasi belgilandi.

74. Nam Tae Xining jarima zarbasidan tepgan to'pi jonli devorga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi. Burchak to'pi.

75. Ushbu burchak zarbasi ham "Al Duhail"ga samara keltirmadi. "Loko" hozircha ancha ishonchli himoyalanmoqda.

76. Bugungi uchrashuvni bevosita stadionda tomosha qilish uchun 6 mingdan ziyod muxlislar tashrif buyurishgan.

79. Sanjar SHoahmedov o'rniga o'yinni Diyor Turopov davom ettiradi.

81. "Al Duhail"da o'zgarish: Luiz Junior o'rniga Ali Moez maydonga tushdi.

83. Qarshi hujumda "Loko" raqibni jazolashi mumkin edi. Diyor Turopov bu vaziyatda darvoza kuchliroq zarba berishi lozim edi.

85. To'qnashuvda jarohatlangan SHuhrat Muhammadievga klub shifokorlari tibbiy yordam ko'rsatishdi. Raqib jamoa bosh murabbiyi esa vaqt ketayotganidan g'azabda va asabiylashmoqda.

88. "Lokomotiv"da o'zgarish: SHuhrat Muhammadiev o'rniga Salim Mustafoev maydonga tushdi.

90. Hozirgina maydonga tushgan Salim Mustafoev jarima maydonchasi ichida raqibni yiqitdi. Hakam nuqtani ko'rsatmoqda. Penalti.

90. Gol! Al Arabi penaltidan unumli foydalandi!

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Salim Mustafoevning navbatdagi qo'pol xatosidan so'ng "Al Duhail" tezkor qarshi hujum orqali hisobni 1:2ga etkazdi. Gol muallifi yana o'sha Al Arabi.

90. Tayyor g'alaba yo'q joydan boy berilmoqda. Ehhh... SHuhrat Muhammadievning jarohati "Loko"ga qimmatga tushdi.

O'yin tugadi. 

"Lokomotiv" o'z maydonida ham "Al Duhail"ga yutqazdi. 


Lokomotiv Tashkent

Sardor Rashidov - 35'

AFC Champions League Grp. B . 4-tur

12/03/2018, 16:00

2
:
1
Tugadi

Al-Duhail SC

Youssef El Arabi - 90', Youssef El Arabi - 90'

45'
90'
35'  Sardor Rashidov
66'  Sardor Rashidov (Nivaldo Ferreira)
79'  Sanjar Shaakhmedov (Diyor Turopov)
88'  Shukhrat Mukhammadiev (Salim Mustafaev)
46'  Bassam Al-Rawi (Ismael Mohammad)
67'  Mohammed Musa (Murad Naji)
81'  Luiz Ceara (Almoez Ali)
90'  Youssef El Arabi
90'  Youssef El Arabi

OFK CHempionlar Ligasi / Guruh bosqich
4-tur / Toshkent.  “Lokomotiv” stadioni / 17:00
“Lokomotiv” (O'zbekiston) – “Al Duhail” (Qatar) 1:2
Uchrashuv komissari: 
Dong Jeng (Xitoy)
Hakamlar nazoratchisi: 
Kadhum Auda Lazim al Saidi (Iroq)
Bosh hakam: 
Kimura Hiroyuki (Yaponiya)
Qanot hakamlari:  
Ochi SHinji (Yaponiya),  Nishihashi Isao (Yaponiya)
Zaxira hakami:  
Banerji Pranjal (Hindiston)
Gollar
: Sardor Rashidov (35, SHuhrat Muhammadiev), Al Arabi (90-penaltidan, 90+4)

"Lokomotiv": 
1.Ignatiy Nesterov, 33.Oleg Zoteev, 5.Kaxi Maxaradze, 28.SHuhrat Muhammadiev (17.Salim Mustafoev, 88), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Sanjar SHoahmedov (77.Diyor Turopov, 79), 7.Sadriddin Abdullaev, 9.Ikromjon Aliboev, 10.Marat Bikmaev, 27.Sardor Rashidov (6.Nivaldo, 66), 15.Sardor Mirzaev.
Zaxira: 
12.Mamur Ikromov, 6.Nivaldo, 8.SHerzod Karimov, 17.Salim Mustafoev, 19.Husniddin G'ofurov, 88.Igor Yelich.

"Al Duhail": 
50.Nosir Al Yazidi, 4.Lukas Mendes, 15.Bassam Husham (7.Ismoil Mohamad, 45), 18.Sulton Al Brak, 2.Muhammad Musa (22. Murad Naji, 68), 28.Yusuf Msakni, 12.Karim Budiaf, 6.Dame Traore, 10.Nam Tae Xi, 8.Luis Junior (19.Ali Moez, 81), 9.Yusuf Al Arabi.
Zaxira: 
33.Ahmal Ali Hatami,14.Abdullah Abdulsalam, 17. Abdulrahmon Mustafa, 36.Adelbader.

Ogohlantirishlar:
Musa (21), Maxaradze (73), Oleg Zoteev (90)

Reyting: -276   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика