So’nggi yangiliklar

23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  7 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  6 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  5 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  2 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  24 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   9 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1

"Lokomotiv" 20 yoshda, barcha "temiryo'lchilar"ga yubiley muborak! Yangiliklar

"Lokomotiv" 20 yoshda, barcha "temiryo'lchilar"ga yubiley muborak!

Bundan 20 yil muqaddam, 2002 yilning 14 fevral kuni "Lokomotiv" futbol klubiga asos solingan edi.

Yani 14 fevral kuni klub tashkil etilgani to'g'risida Nizom tasdiqlangan va oradan bir kun o'tib 15 fevralda 234-raqam bilan davlat ro'yxatidan o'tgandi. SHundan beri mana 20 yildirki "Lokomotiv" futbol klubi O'zbekiston futbolida faoliyat yuritib kelmoqda. Bilasizmi, avvaliga klub "Davr-Lokomotiv" nomi ostida Toshkent shahar ikkinchi ligasida o'yinlarni o'tkazgan. Biroq oradan ko'p o'tmay klub rahbariyati "Davr-Lokomotiv"ni "Lokomotiv"ga o'zgartirishni lozim topgan va shundan beri klub nomi o'zgarishsiz kelmoqda.


Yutuqlar

O'tgan 20 yil ichida "Lokomotiv" bir nechta sovrinlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bir boshdan boshlaydigan bo'lsak: 2016, 2017, 2018 yillarda jamoa ketma-ket uch marta O'zbekiston chempioni bo'ldi. SHuningdek, vice-chempionlik ham uch bor qo'lga kiritilgan: 2013, 2014 va 2015 yillarda "temiryo'lchilar" ikkinchi o'rin bilan kifoyalangandi. 2012 yilgi chempionatda esa "Lokomotiv" bironza medallarga sazovor chiqqan. 


O'zbekiston Kubogidagi yutuqlar ham uchtani tashkil etadi - 2014 yil Olmaliqda bo'lib o'tgan finalda "Loko" "Bunyodkor"ni 1:0 hisobida mag'lub etib, o'z tarixida ilk bor "billur sovrin" sohibi bo'lgandi. 2016 yilda jamoa Samarqandda "Nasaf"dan ustun kelib, yana Kubok sohibi bo'ladi. Oradan bir yil o'tib esa Toshkentda "Bunyodkor" mag'lub etiladi va "Loko" uchinchi bor mamlakat Kubogini baland ko'taradi. Mana shu final OFK prezidenti SHayx Salmon bin Xalifaning tashrif etgani bilan ham yodda qolgan. 2015 va 2019 yillarda esa "Lokomotiv" O'zbekiston Superkubogi sohibi bo'lgan.


Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirok

"Lokomotiv" faoliyatida Osiyo chempionlar ligasi ham muhim o'rin tutadi. Xususan jamoa ketma-ket besh yil OCHL guruh bosqichida o'ynagan va bu 2015-2019 yillarni o'z ichiga oladi. Lekin "temiryo'lchilar" faoliyatida 2016 yilgi mavsum alohida ahamiyat kasb etadi. O'shanda "Loko" guruhdan chiqibgina qolmay, musobaqaning chorak finaliga qadar etib borgandi.


2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasini yodga oladigan bo'lsak, jamoamiz guruh bosqichida Saudiya Arabistonining eng nomdor klublaridan biri "Al Ittihod"ni mag'lub etib, nimchorak finalda kimsan "Al Hilol"dan ustun kelgandi. Va faqatgina chorak finalda "temiryo'lchilar"dan biroz omad yuz o'girib, BAAning "Al Ayn" klubiga kichik hisobda imkoniyatni boy berganmiz. 

Buyuk qaytish

Albatta, klub tarixida omadsiz mavsumlar ham bo'lgan, chunki sportda g'alaba va mag'lubiyat ko'pincha yonma-yon yuradi deyishadi va bundan qochishning imkoni yo'q. Bugun siz cho'qqida bo'lsangiz, ertaga pastda bo'lib qolishingiz mumkin. Xususan 2010 yilgi mavsum ham "Lokomotiv" uchun muvaffaqiyatsiz kelib, jamoa oliy ligadan birinchi ligaga tushib ketgandi. 


Lekin bu omadsizlik uzoq cho'zilmadi va jamoa bir yil ichida "temiryo'lchilar" yana oliy ligaga qaytishga muvaffaq bo'ldi. "Loko" qaytganda ham oddiy qaytmadi, balki kuchli jamoa bo'lib, yani chempionlikka kurashadigan jamoa sifatida katta sakrashni amalga oshirdi. Klubga futbolni astoydil sevuvchi rahbariyat va homiylarning jalb etilishi "Lokomotiv" uchun yangi tarix yozishga sabab bo'ldi. Aynan shundan keyin jamoaning yutuqli mavsumlari ko'rina boshladi.

Gvardiyachilar

O'tgan 20 yil ichida "Loko" safida bir qancha yulduz futbolchilar to'p tepishga muvaffaq bo'ldi. Xususan jamoamiz safida eng kp o'tkazgan futbolchi Islom To'xtaxo'jaev hisoblanadi. U birgina oliy ligada 192ta bahsda "Loko" sharafini himoya qilgan. SHuningdek, Kaxi Maxaradze, Marat Bikmaev, Ignatiy Nesterov, Sadriddin Abdullaev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Marsel Idiatullin, Oleg Zoteev, Sardor Mirzaev kabi futbolchilar ham "temiryo'lchilar" safida maydonga tushish bo'yicha rekordchilar hisoblanadi.

Jamoa tarixida eng ko'p gol urgan hujumchi Marat Bikmaev bo'lib, uning hisobida barcha musobaqalarda kiritilgan 72ta gol bor. Bu borada keyingi o'rinni 67ta gol bilan Temurxo'ja Abduxoliqov egallab turibdi. Bugungi kunda "Lokomotiv" futbol maktabida bolalar murabbiyi bo'lib ishlab kelayotgan Marsel Idiatullin esa 52ta gol urgan. Bundan tashqari "Loko" libosida eng ko'p gol urgan funbolchilar orasida Farhod Tojiev, Sanjar SHoahmedov, Sardor Mirzaev, Islom To'xtaxo'jaev, Ivan Nagaev, Olim Navkarov va Zayniddin Tojievlar ham bor. 

Maqolamiz so'nggida "Lokomotiv" futbol klubini, jamoaga beetibor bo'lmagan ishqibozlarni hamda barcha "temiryo'lchilar"ni klubning 20 yillik to'yi bilan muborakbod etib qolamiz. "Lokomotiv" doim olg'a qadam bosishda davom etsin!

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика