So’nggi yangiliklar

10:15Интервью. Шукрон Йўлдошев: "Кўпроқ ўйин амалиётини истадим, "Навбаҳор"га ўтишим кутилганидан тез бўлди"  0 09:40Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   47 09:15"Қизилқум"га украиналик ҳужумчи келмоқда  0 08:45"Андижон" собиқ футболчисини ортга қайтарди  3 08:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Кападзе қўл остидаги илк машғулотини ўтказди  14 07:30"Машъал" бир нечта футболчилар билан хайрлашди  0 03:00Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" 90+2-дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришиб, 4-ўринга кўтарилди ва бошқа натижалар  11 01:32"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси: "Квадрупл? АПЛ муҳимроқ"  3 01:10Киммих "Реал" билан боғланди  9 00:45Европа лигаси. "Тоттенхэм"да ғалаба, "Рома" мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  14 00:29БАА. Ўзбек футболчилари дербисида Ғаниев жамоаси ғолиб бўлди  3 23:50Альфонсо Дэвиснинг келажаги душанба куни ҳал бўлади  0 23:29Расман: "Барселона" Араухо билан шартномани узайтирди  3 23:12Футзал. "Бунёдкор" етакчилардан бирига қарши ўйинда камбек қайд этди, "Металлург" ўз тарихидаги сўнгги ўйинида мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 22:54Шаҳбоз Беғамов - "Нефтчи" жамоаси спорт директори!  28

Lochin Soliev: Farzandim ham futbolchi bo'lishini xohlayman Yangiliklar

Lochin Soliev: Farzandim ham futbolchi bo'lishini xohlayman

"Andijon" hujumchisi Lochin Solievning xonadonida yangi farzand dunyoga kelganini xabar qilgandik. Mavsum boshida betob bo'lib qolgani bois dastlabki turlarni o'tkazib yuborgan hujumchi yana safga qaytdi.
Mamlakat Kubogi 1/16 final bosqichida “SHerdor”ga qarshi bahsda Soliev asosiy tarkibdan joy oldi. Ayni paytda kayfiyati yuqori bo'lgan hujumchi bilan suhbatlashib o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

- Lochinbek, o'g'il farzandlik bo'lganingiz bilan tabriklaymiz.
 - Rahmat.

- Inson uchun farzandlik bo'lish baribir boshqacha his tuyg'ularni uyg'otadi. SHunday emasmi?
 - Albatta, menimcha har bir ota farzand ko'rganda o'zini qo'yarga joy topa olmasa kerak. Ayniqsa, o'g'il ko'rganda. Farzandlarim uch nafar bo'ldi va hammasi bir xil his-hayajonlarni boshdan o'tkazdim. Albatta, ikkita qizaloqdan keyin o'g'illik bo'lganimdan xursandman.

- O'g'lingiz ham kelajakda futbolchi bo'lishini hozirdan his qilyapsizmi?
 - Albatta, o'g'limni men kabi futbolchi bo'lishini xohlayman. Umid qilamanki, farzandim kelajakda yaxshi futbolchi bo'lsin.

- Malum muddatli tanaffusdan so'ng maydonga qaytingiz. Muxlislarga chempionat boshida o'ynamaganingiz sabablarini tushuntirib o'tsangiz.
 - Jamoamiz kuchlilar safiga qaytgach, yil boshida o'z oldimga to'purar bo'lishni vazifa qilib qo'ygandim. SHunga yarasha mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgandim. Toshkentdagi yig'inimiz chog'ida kutilmaganda shamollab qoldim. Dastlab tomog'im og'ridi, keyin istmam ko'tarildi. 20-25 kun o'zimga kela olmadim va ko'plab mashg'ulotlarni o'tkazib yubordim. Aksiga olib, chempionat boshlanganda ham sog'ayib ketmadim. SHu sababli dastlabki turlarni o'tkazib yuborishimga to'g'ri keldi. “Dinamo” bilan bo'lgan uchrashuvda maydonga qaytim va hozirda yaxshi sport formasiga kirishga harakat qilyapman. To'purar bo'lish maqsadidan qaytganim yo'q va jamoadoshlarim yordamida buni uddalashga harakat qilaman.

- Kubok bahsida birinchi liga vakili “SHerdor” klubi to'sig'idan o'tish qiyin bo'ldimi?
 - Oliy va birinchi liga jamoalari to'qnash kelganda baribir qiyin o'yin kechadi. SHu bois Samarqandda g'alaba qozonishimiz oson bo'lgani yo'q. Birinchi liga jamoalari elita vakillariga qarshi ikki-uch barobar kuch bilan o'ynashga harakat qilishadi. Buni yaxshi bilardik. Maydonning holati ham yomonligi o'z tasirini ko'rsatmay qo'ymadi. SHunga qaramay, ijobiy natija qayd etib muxlislarimizga birinchi g'alabani taqdim eta oldik. Bu yutuq bizga keyingi o'yinlarda kuch bag'ishlaydi.

- Jamoa etakchisi sifatida chempionatdagi muvaffaqiyatsizliklarga nima sabab bo'lyapti deb o'ylaysiz?
 - Omadsizlik tufayli shunday bo'lyaptimi, bilmadim. G'alaba qozonayotgan o'yinimizda yutqazganimizni yana nima deyish mumkin. Lekin hali hammasi oldinda va vaziyatni o'zgartirish uchun vaqt bor.

- Ketma-ket mag'lubiyatlar futbolchilarga salbiy tasir ko'rsatmayaptimi? Qolaversa, bu yog'da muxlislar chempionatdagi dastlabki g'alabani ham kutishmoqda.
 - Xohlasak-xohlamasak, mag'lubiyat har qanday insonga yomon tasir qiladi. Jamoang yuta olmasa futbolchini bu ruhan qiynaydi. Ammo g'alabalar kelishiga biz albatta ishonamiz. Ishqibozlarimizning hozirgi holatini yaxshi tushunib turibmiz. Biz ham har bir o'yinga faqat g'alaba qozonish maqsadida tushyapmiz. Lekin negadir bunga erisha olmayapmiz. Bosh murabbiyimiz ham ayni paytda omadsizlikdan chiqib ketish yo'llarini izlagan holda ko'nglimizni ko'tarishga harakat qilyapti. Xudo xohlasa, g'alabali kunlarimiz ham keladi.

- Bir yillik tanaffusdan keyin oliy ligaga qaytib o'ynash qiyinchilik tug'dirmayaptimi?
 - Oliy ligada to'p surish birinchi ligaga qaraganda qiziqarli. CHunki elitada kuchli jamoalar ko'p va har bir raqibga qarshi puxta tayyorgarlik ko'rish talab etiladi. Bundan tashqari oliy ligada futbolchi hamisha yaxshi formada bo'lishga harakat qiladi. SHuning uchun oliy ligada o'ynash osonroq deb o'ylayman. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика