So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  94 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Lobanovni himoya qilgan Xoliqovga Beg'amovning javobi Yangiliklar

Lobanovni himoya qilgan Xoliqovga Beg'amovning javobi

"Championat.asia" jurnalisti SHahboz Beg'amov saytimiz xodimi Xayrulla Xoliqovning maqolasiga raddiya yozdi.

 

Biroz avval hamkasbim Xayrulla Xoliqovning "Paxtakor" darvozaboni "Lobanov - tanqidlarga loyiq darvozabon emas!", degan maqolasi chop etildi.

Ushbu maqolada Lobanov tanqidlarga munosib emasligi va Suyunovning "Paxtakor"ga kelishi "sherlar"ni keskin kuchaytirib yubormasligi aytilgan. Ustoz jurnalist Xayrulla Xoliqovning maqolalariga javoban raddiya bildirmoqchi edim.

Muallifning bazi fikrlariga qo'shilaman. Yani, Lobanov keskin tanqidlarga munosib emas. Terma jamoada Babayan Lobanovni asosiy tarkibda o'ynayotganiga Sashaning hech qanday aybi yo'q. Lobanovga tanqidlar yomg'irining asosiy sababi bu MTJ. Babayan terma jamoa ruliga kelishi bilanoq O'zbekistonda Lobanovni eng kuchlisi, deb atagandi va Sasha terma jamoada asosiy darvozabon bo'ldi.


Babayan terma jamoa ruliga kelganidan keyin Lobanovdan boshqa birorta kiperga imkoniyat taqdim etmadi.
Nesterov Lobanov legioner bo'lgan payt FIFA kunlaridan tashqari yig'in o'tkazganida o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgandi xolos. Eldorbek Suyunov esa Babayan qo'l ostida BIRORTA o'yinda maydon yuzini ko'rmadi.

Eldorbek Suyunov Lobanovga raqobatda yutqazgani yo'q. SHunchaki Babayanning uslubiga ko'proq Lobanov to'g'ri kelayotgani bois zaxirada o'tiribdi.

Xayrulla Xoliqov maqolada Lobanov Babayanning yoqimtoyi bo'lgani uchungina terma jamoaning birinchi raqamli darvozaboni emasligini bildirgan. SHu joyiga umuman qo'shilmadim.

Yani, Ignatiy Nesterov ham, Eldorbek Suyunov ham chinakamiga raqobat tufayli zaxiraga qolishgani yo'q. Hali aytgan gapim, Babayan terma jamoaga kelishi bilanoq kim zo'rligi haqida fikr bildirib, qolganlarga esa zora imkoniyat taqdim etmagan.

Babayanning qarashlari bo'yicha Lobanov kuchliroq, ammo aslida bunday emas.

Bu bilan Lobanov yomon darvozabon, demoqchi emasman. SHunchaki muallif tanqidlar girdobida qolgan darvozabonni himoya qilish bilan birgalikda, "Paxtakor"ga o'tishi kutilayotgan Eldorbek Suyunovni hech bir jihatdan Lobanovdan kuchli emasligini aytgan. Lekin bu fikr asoslanmagan.

Lobanovni maqtash barobarida uning o'yinni o'qiy olishi, to'plarga to'g'ri chiqishi va standart vaziyatlari, ayniqsa jarima zarbalari va penaltilarni qaytarishdagi mahorati alohida etirof etilgan.

Janubiy Koreya bilan o'yinda Lobanov birinchi golda to'pga chiqishda xato qilgani, Suriya va Eron bilan o'yinlarda esa penaltini qaytarganini ko'rmadik.
Muallif shuningdek Lobanovning aniq bir xatosini eslay olmaganini takidlagan.

Filippin bilan o'yindagi maydon markazi oldidan oshirib berilgan to'pni darvozaga kirib ketishini kuzatib turgan Lobanovni standart vaziyatlarida yaxshi, deya etirof etish qanchalik to'g'ri?

To'g'ri, biroz burttirib yuborgandekman.
Hamma ham xato qiladi. Darvozabonlarning ishi qanchalik mashaqqatli ekanligini bilamiz. Istalgan futbolchi xato qiladi. Lekin darvozabonlarning xatosi ko'proq bilinadi, ko'rinadi va seziladi. Ularning xatosining qiymati yuqori bo'ladi.

Lobanov terma jamoa safida yaxshi darajada o'yin o'tkazganlarini inkor etmayman. Ammo muallif aytganchalik, Lobanovni terma jamoada birinchi raqamli ekanligiga qo'shilolmayman. Lobanov yaxshi kiper, ammo undan kuchlilar bor.

Masalan hech bir jihatdan Lobanovdan kuchli emas deb aytilgan Suyunov Sashadan ikki karra kuchliroq, nazarimda.
O'yinni o'qiy olishda Suyunovda muammo bo'lmagan. Standart vaziyatlarida ham Suyunov Nesterov yoki Lobanovdan yaxshi harakat qiladi.
Penaltida ham Suyunov yaxshi o'ynaydi. Yani, Suyunovning penaltini qaytarish uslubi biroz boshqacharoq. Eldor penalti tepilganidan keyin yo'nalishga qarab sakraydi. Bazi darvozabonlar singari tavakkal topish uchun o'ng yoki chapga sakramaydi.
Reakciya borasida ham Suyunov Lobanovga nisbatan epchil.

Himoyani boshqarish. Darvozabonning ishi nafaqat kelayotgan to'plarni to'sish, balki himoyani ham boshqarish kiperning asosiy vazifalaridan biri.
"Nasaf" himoyasi boshqa jamoalarnikiga nisbatan nega tartibli o'ynaydi yoki nega "Nasaf" kam gol o'tkazadi?
CHunki darvozabon barchasini o'z nazoratida ushlab turadi, himoyani to'g'ri boshqara oladi. Bu darvozabon uchun juda kerakli sifatlardan biri. Kimdir Suyunov Oliy ligada bir o'yinda 4ta gol o'tkazib yuborganini eslay oladimi?

"Nasaf" nega OCHLda hecham yirik hisobda mag'lub bo'lmagan? Nahotki bunda darvozabonning xizmatlari ko'rinmasa?
Eldorbek Suyunov oxirgi ikki yilni terma jamoada shunchaki zaxiraga o'tirish uchun borib kelgani unga biroz ruhiy jihatdan tasir qilganini inkor etmayman.
Suyunov "Nasaf"da va terma jamoaning zaxira o'rindig'ida zerikib qolgandi.

Agarda uning "Paxtakor"ga o'tishi amalga oshsa, bu Eldor uchun yangi chorlov bo'ladi. Faoliyatining yangi qismi. O'sish va izlanish uchun yangi bosqich.
Arveladze bekorga Eldorbek Suyunovni jamoasida ko'rishni istamayotgandir? "Paxtakor"da O'zbekiston terma jamoasining hozirgi kundagi asosiy kiperi bo'la turib, davralar oralig'ida bekorga pul sarflab Suyunovni olib kelishni rejalashtirmagandir. Lobanov "Paxtakor"da qolsa yaxshi bo'lardi. Xorijlik mutaxassis qo'l ostida Suyunov va Lobanovning o'zaro raqobatini ko'rardik. Asosiy bahoni ana o'shandan keyin yana bir bor beramiz.
Suyunovning "Paxtakor"ga o'tishi "sherlar"ni kuchaytiradi.

Bu o'tishdan keyin Lobanovning qay darajadagi darvozabon ekanligini ham ko'rib olamiz.
Eldorbek Suyunovning "Paxtakor"ga o'tishi qiziqarli transfer bo'ladi. Nafaqat "Paxtakor", balki O'zbekiston terma jamoasi uchun ham juda foydali bo'ladi.


Men atayin statistikaga murojaat qilmadim, aks holda faqat statistika maqolaga javob bo'lib qolardi.

SHuni aytishim kerakki, Lobanovni nohaq tanqid qilishni ham bas qilaylik. Uning terma jamoa tarkibida maydonga tushayotganiga Sashaning aybi yo'q. Undan kuchli darvozabonlarni borligi va buni barcha ko'rib turganiga ham Lobanovning aybi yo'q. Hamma o'z vazifasini bajarmoqda. Bu borada muallifning fikriga qo'shilaman hamda Lobanovni xato qilmasa ham bekorga tanqid qilmaslikka chorlayman va to'liq qo'llab-quvvatlayman.

Aniq epizod va xatosi bo'yicha o'rinli tanqid bo'lsa bemalol.
Lekin Lobanovni O'zbekistondagi birinchi raqamli posbon ekaniga hecham qo'shilmayman. Biz uchun juda katta hurmat va etirofga loyiq bo'lgan Nesterovning davri o'tdi. Hozirgi kunda esa "Paxtakor" harid qilishni istayotgan Eldorbek Suyunovning imkoniyatlarini yuqori baholagan bo'lardim.
Katta shov-shuvlarga sabab bo'layotgan Eldorbek Suyunovning "Paxtakor"ga o'tishi har ikkala tomon uchun ham juda foydali, bo'ladi deb o'ylayman.

Aktual va qiziq mavzu uchun Xayrulla Xoliqovga rahmat. Ammo maqoladagi ko'p fikrlariga qo'shilmadim, uzr.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +204   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика