“Liverpul”ning “Enfild”dagi g'alabali seriyasi yakunlandi
11 iyu 2020 21:05
Yangiliklar
“Liverpul”ning “Enfild”dagi g'alabali seriyasi yakunlandi
Biroz oldin, Angliya chempionati 35-turidan o'rin olgan “Liverpul” – “Byornli” bahsi (1:1) bo'lib o'tdi.
Yurgen Klopp shogirdlari 2019 yilning 30 yanvaridan buyon ilk marta o'z maydonida ochko yo'qotdi. O'shanda ular chempionatning 24-turi doirasida “Lester” bilan durang (1:1) o'ynashgan edi.
SHu tariqa, “Byornli” mersisaydliklarning APLda davom etgan 24 o'yinlik g'alabali seriyasiga barham berdi.
Fikrlar