"Liverpul"ning 70 mlnlik transferi borasidagi xabar rad etildi. Klubning asosiy maqsadi Saloh bilan yangi bitim imzolash
07 jan 2022 01:10
Yangiliklar
"Liverpul"ning 70 mlnlik transferi borasidagi xabar rad etildi. Klubning asosiy maqsadi Saloh bilan yangi bitim imzolash
"Liverpul" Muhammad Salohni klubda olib qolmoqchi.
Bugun "Liverpul" klubi 71.4 mln evro evaziga "Portu" yarim himoyachisi Luis Dias Marulandani sotib olishi borasida xabarlar tarqalgandi.
Taniqli insayder va jurnalist Fabricio Romano ushbu xabarlarni rad etdi. Romanoning so'zlariga ko'ra, "Liverpul" Luis Dias borasida "Portu"ga hech qanday taklif bilan chiqmagan. Ammo, jamoa o'z skautlarini bir necha marta o'yinchini baholash uchun jo'natgan.
SHuni qayd etish joizki, hozirda "Liverpul" klubining asosiy maqsadi jamoa etakchisi Muhammad Saloh bilan yangi bitim imzolash bo'lib turibdi.
Fikrlar