"Liverpul" van Deykka 60 millionlik yangi shartnoma taklif qiladi
12 fev 2020 18:36
Yangiliklar


"Liverpul" van Deykka 60 millionlik yangi shartnoma taklif qiladi
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk tez orada klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
"Football Insider"ning xabar berishicha, mersisaydliklar rahbariyati ayni paytda 28 yoshli futbolchiga yangi taklif tayyorlamoqda. Unga ko'ra, Virjil 50 mln funt (60 mln evro)dan ko'proq ishlab topadi. O'yinchining haftalik maoshi 150ming funt (178 ming evro)ga ko'tariladi, turli bonuslar ham qayta ko'rib chiqiladi.
Van Deyk "Liverpul"ga 2018 yilning yanvarida "Sautgempton"dan 84,5 mln evroga kelgan edi. O'shanda u futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylangandi. Mersisaydliklar tarkibida Virjil CHempionlar ligasi va klublar o'rtasidagi Jahon chempionati, shuningdek UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar