"Liverpul" va "Chelsi" "Barselona" posboniga qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
5 avg 2018, 13:13
"Liverpul" va "Chelsi"ga Yasper Sillessen kerak.

Bu haqda "Express" nashri xabar bermoqda. Oldinroq "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde gollandiyalik darvozabon jamoani tark etish istagi borligini ma'lum qilgandi.

"Liverpul" Sillessenni Alissonga raqobatchi sifatida olib kelmoqchi. "Chelsi" esa Tibo Kurtua jamoadan ketgan taqdirdagina gollandiyalikni klubning asosiy posboniga aylantirishni niyat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express