“Liverpul” va “Arsenal” APLning eng yaxshi assistentlaridan biri uchun kurashadi
24 may 2019 07:45
Yangiliklar


“Liverpul” va “Arsenal” APLning eng yaxshi assistentlaridan biri uchun kurashadi
“Bornmut”ning 25 yoshli shotlandiyalik futbolchisi uchun APLning ikki grandi kurash boshladi.
Rayan Freyzer yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Futbolchi uchun asosiy davogar sifatida esa Londonning “Arsenal” klubi qaralmoqda. Malumotlarga ko'ra, Freyzerning xizmatlariga “Liverpul” rahbariyati ham qiziqib qolgan. Avvalroq “Manchester Yunayted” Freyzerni o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
APLning yakuniga etgan 2018/19 yilgi mavsumida “Bornmut” azosi 7 ta gol urib, 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchi 2013 yildan beri “Bornmut” safida to'p surib keladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar