"Liverpul" sobiq himoyachisi: "Ronaldu meni bir necha marta aldab o'tganida, uni nokaut qilganman"
14 noy 2016 13:08
Yangiliklar
"Liverpul" sobiq himoyachisi: "Ronaldu meni bir necha marta aldab o'tganida, uni nokaut qilganman"
"Sporting" va "Liverpul" klubi sobiq himoyachisi Fil Bebb Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu bilan Lissabon jamoasidagi o'yini haqida esladi.
"Ronaldu birinchi marotaba kiyinish xonasiga kirganida, u haqiqatdan ham ozg'in edi. Uning sochlari xuddi Sitv Makmanamandagidek edi.
Mashg'ulotlarda hujumchilar himoyachilarga qarshi o'ynadi. Bu yigit uch-to'rt marotaba mendan qochib ketdi. Barcha yigitlar esa menga shunday deyishdi: "Bebbsi, u seni yo'q qildi".
Keyingi safar Ronaldu meni aldayotganida avval bir, keyin esa boshqa tomonga harakatlandi. Men unga elkamni tutib, Ronalduni nokaut qilganman.
U erda yotardi, men esa yaqin kelib "Hech qachon" dedim. Krishtianu menga qarab nima bo'layotganini tushunmasdi. Mashg'ulotda hamma jim bo'lib qoldi" - deydi Bebb.
Fikrlar