"Liverpul" o'yinchisi "Barselona"dan taklif kutmoqda

Alisher
23 iyun 2024, 13:34
"Liverpul" hujumchisi Luis Dias "Barselona" bilan muzokaralar o'tkazishga tayyor.

"Ko'k-anorranglilar" kolumbiyalikni "Atletik"dan Niko Uilyams bilan birgalikda eng oldi maqsad sifatida belgilab olishdi. Jurnalist Fernando Poloning xabariga ko'ra, "Barselona"ga ayni damda ko'proq Dias varianti yoqmoqda, sababi u ispandan ko'ra tajribaliroq va samaradorroqdir. 27 yoshli "Liverpul" futbolchisi esa kataloniyaliklarning aniq taklif berishlarini kutmoqda.

Luis Diasning ehtimoliy transfer narxi 60 mln evroga baholanmoqda. "Barselona" bunday bitim uchun Rafinya Diasni sotishiga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ffpolo