"Liverpul" muxlislari uchun xushxabar
16 okt 2019 11:42
Yangiliklar


"Liverpul" muxlislari uchun xushxabar
"Liverpul" darvozaboni Alisson va himoyachisi Joel Matip jarohatdan tiklanish jarayonini davom ettirishmoqda.
Kecha har ikki o'yinchi umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. "Qizillar" 20 oktyabr kuni APL 9-turi doirasida "Manchester Yunayted" mehmoni bo'lishadi. Yuqoridagi ikki futbolchi ana shu to'qnashuvgacha to'liq tiklanishi va unda ishtirok etishi mumkin.
Oldinroq, Alisson aynan MYUga qarshi o'yingacha safga qaytish uchun qo'shimcha mashg'ulot olib borayotgani xabar qilingandi. Murabbiylar shtabi ham braziliyalik kiperni "Old Trafford"da asosiy tarkibda tushirishni mo'ljallashmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar