"Liverpul" Milnerning jarohatini tasdiqladi

Mirjalol Normatov
30 noya 2020, 22:16
"Liverpul" matbuot xizmati jamoadagi jarohat olgan futbolchilarni ma'lum qildi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Trent Aleksandr-Arnold, Nabi Keyta hamda Jyerdan Shakiri kabi futbolchilar YCHL doirasida "Ayaks"ga qarshi bahsda jamoaga yordam bera olmaydi.

Klopp matbuot anjumanida aytishicha, Milner "Brayton"ga qarshi o'yinda oyog'ining son sohasi mushaklarini jarohatlab olgan. Biroq futbolchining hozircha qancha muddatni maydondan tashqarida o'tkazib yuborishi aniq emas.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com