"Liverpul" Kulibali uchun "Napoli"ga 60 million evro taklif qilmoqda
22 iyu 2020 13:32
Yangiliklar


"Liverpul" Kulibali uchun "Napoli"ga 60 million evro taklif qilmoqda
"Liverpul" "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Mersisaydliklar "Napoli"ga Kulibali uchun 60 million evro taklif qilmoqda, ammo bu narx neapolliklar so'rayotgan 100 milliondan ancha kam.
Oldinroq, koronavirus pandemiyasi sabab o'yinchilarning narxlari tushib ketgan bir davrda "Napoli" narxni tushirish borasida muzokaralarga kirishmoqchi emas.
Kulibalining "Napoli" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
28 yoshli senegallik futbolchi joriy mavsum "Napoli" safida barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar