"Liverpul" Grilishni xarid qilish g'oyasidan voz kechdi
05 dek 2020 11:47
Yangiliklar


"Liverpul" Grilishni xarid qilish g'oyasidan voz kechdi
"Liverpul" "Aston Villa" xavbeki Jek Grilish bilan shartnoma imzolamoqchi emas.
"Qizillar"da 25 yoshli angliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun ikki imkoniyat bo'lgan edi, ammo maydon markazida o'yinchilar kerakmasligi sabab klub bu g'oyadan voz kechdi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" Grilish uchun davogarlik qilishga tayyorlar.
Grilish joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar